Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
14 avgust kuni ob-havo kam bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-37 С issiq bo‘ladi.

Zararli chigirtkalarga qarshi xalqaro maxsus-taktik o‘quv mashqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida kelgusida keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlik qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ko‘p tarmoqli rejalashtirilgan kelishuvlarni amalga oshirish amaliy harakatlar rejasi” (Yo‘l xaritasi) ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Agrokimyohimoya” AJ, O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish institutining “Chigirtkalarni o‘rganish laboratoriyasi” va Tojikiston Respublikasining Xatlon oblasti bilan chegaradosh bo‘lgan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani “Sayhon” hududida “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi hamda Tojikiston Respublikasining Xatlon oblasti Rudakiy nohiyasida hamkorlikdagi “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar va o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida zararli chigirtkalar tarqalgan maydonlarni aniqlash, kimyoviy ishlovdan o‘tkazish talab etiladigan maydonlarni belgilash hamda zarur bo‘ladigan kimyoviy preparatlar, texnikalar va yordamchi vositalarni shay holatga keltirish, maxsus ishlov berish ishlarini amalga oshirish tartiblari mashq kuzatuvchilari va ishtirokchilariga o‘rgatildi va amaliy ravishda ko‘rsatildi.

O'xshash yangiliklar

Tajriba almashinuvi

Joriy yilning 8 avgust kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligi X.Alibaev viloyat hokimiyati delegatsiyasi tarkibida Belarus Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi…

MUNOSIBLAR TAQDIRLANDILAR

Joriy yilning 6-8 avgust kunlari Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining sport klubida qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ortasida Qol jangi boyicha ochiq mus…

Chaqnash hodisasi bo‘yicha axborot

2018 yilning 5 avgust kuni soat 10:10 da Toshkent shahar Sergeli tumanidagi MCHJ Trest Bino qurilish hududida propan gaz balonidan gaz qoldiqlarni boshatish vaqtida havo-gaz aralashmasining chaqnashi …

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech