FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

Zovur ichiga tushib ketgan avtomashinaga amaliy yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 23 fevral kuni soat 22:15 da Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga fuqaro U.Sh. tomonidan uning boshqaruvidagi "COBALT" rusumli avtomashinasi Guliston shahar Ulug‘obod mahallasidan o‘tuvchi zovurga tushib ketganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaat yuzasidan, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan ma'lum qilingan manzilga yetib borgan. Qutqaruv guruhining olib borgan say-harakatlari natijasida qisqa vaqt ichida avtomobil zovurdan olib chiqildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech