FVV ogohlantiradi:
2 iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimol hamda cho‘l hududlarida 40-42*S gacha issiq bo‘ladi.

ZOVURGA AG‘DARILIB KETGAN YUK MASHINA HAYDOVCHISI QUTQARILDI

Joriy yilning 22 mart kuni soat 14:10 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga, Mirzabod tumani Bog‘iston MFY Sadaf ko‘chasidagi zovurga “HAVO” rusumli yuk mashina ag‘darilib ketganligi to‘g‘risda ma'lumot kelib tushgan. Оqibatda mashina salonida qulflanib qolgan haydovchi suv ostida qolib ketganligi ma'lum bo‘ldi.
Mazkur xabar yuzasidan, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qutqaruv ishlarini amalga oshirdilar. Xaloskorlarning qisqa vaqt ichidagi muvaffaqiyatli harakatlari natijasida yuk mashina haydovchisi kabina ichidan olib chiqildi va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech