2020 yil davomida FVV tizimida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganilishi bo‘yicha tahliliy ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga 2020 yilning 12 oyida jami 3835 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 1751 tasi og‘zaki, 956 tasi yozma va 1128 tasi elektron (shundan 1032 tasi Virtual qabulxona orqali) murojaatlar.
Kelib tushgan murojaatlarning 479 tasi qanoatlantirilgan, 3006 tasiga tushuntirish berilgan, 298 tasi taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 26 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 26 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, shu davrda vazirlik Markaziy apparatiga jami 1170 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 265 tasi og‘zaki, 431 tasi yozma va 474 tasi elektron (shundan 384 tasi Virtual qabulxona orqali) murojaatlar. Mazkur murojaatlarning 144 tasi qanoatlantirilgan, 724 tasiga tushuntirish berilgan, 266 tasi taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 22 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan (shundan 9 tasi anonim), 14 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.Vazirlik markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarning 7 tasi favqulodda vaziyatlar xavfi bor hududlardan ko‘chirish masalalari bo‘yicha, 1 tasi tabiiy ofatdan yashash joylari zarar ko‘rgan hollarda boshqa imorat qurishda yordam so‘ragan, 45 tasi favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar bo‘yicha (noqonuniy qurilishlar va h.k.), 9 tasi qutqaruv xizmatining faoliyati bo‘yicha, 89 tasi favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi xodimlarining harakatlari bo‘yicha, 40 tasi ruxsatnoma, ma'lumotnoma va hujjatlar olish bo‘yicha, 359 tasi favqulodda vaziyatlar vazirligiga xizmatni tiklash yoki qabul qilish bo‘yicha, 78 tasi ijtimoiy masalalar to‘g‘risida (pensiya, aliment, kompensasiya, uy-joy va h.k.), 263 tasi turli taklif va masalalar bo‘yicha, 270 tasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha, 9 tasi anonim murojaatlar.
Mazkur murojaatlar hududlar kesimida o‘rganilganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 73 ta, Andijon viloyatidan 44 ta, Buxoro viloyatidan 32 ta, Jizzax viloyatidan 35 ta, Qashqadaryo viloyatidan 195 ta, Navoiy viloyatidan 40 ta, Namangan viloyatidan 66 ta, Samarqand viloyatidan 80 ta, Sirdaryo viloyatidan 36 ta, Surxondaryo viloyatidan 101 ta, Toshkent viloyatidan 130 ta, Farg‘ona viloyatidan 74 ta, Xorazm viloyatidan 47 ta, Toshkent shahridan 215 ta va boshqa hududlardan 2 ta kelib tushgan.
Vazirlik markaziy appratiga kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 187 taga ko‘paygan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 2019 yil yakunlari bo‘yicha tabiiy ofatlar bo‘yicha yetkazilgan zararlarni to‘lashning aniq-konkret mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish bo‘yicha taklifi maqullanib, 2020 yilgi Davlat dasturiga kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlandi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi va 2020 yil 25 noyabrda Vazirlar Mahkamasining 747-sonli qarori qabul qilindi.
Shuningdek, 2020 yilda ham murojaatlar bo‘yicha tahillar asosida bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish nazarda tutilgan, kelgusida murojaatlar sonini kamaytirish va fuqarolarga qulayliklar yaratash va ularni rozi qilish maqsadida Bosh vazir tomonidan tasdiqlanadigan asosiy tadbirlar rejasiga ham qator takliflar kiritilgan.
Fuqarolar tomonidan asosan oxirgi vaqtlarda vazirlik tizimiga ishga qabul qilish yuzasidan murojaatlar ko‘payganligi bois, rahbariyatning ko‘rsatmasiga asosan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlar vazirlikning veb-saytiga muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijroni nazorat qilish bo‘limi tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga ma'lumotlar (takliflar bilan birga) kiritib borilmoqda.
Shu bilan vazirlikda har chorak yakuni bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar Hay'at yig‘ilishlari hamda boshqa tezkor yig‘ilishlarda muhokama qilinib, yig‘ilish qarori bilan tegishli chora-tadbirlar belgilash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limining murojaatlar bilan ishlash jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha 2020 yil uchun mo‘ljallangan dastur 2020 yil 15 yanvarda ishlab chiqilib, ijrosi to‘liq ta'minlandi (2-ilova).
Jismoniy va yuridik shaxslarga murojaatlarini ko‘rib chiqilganligi haqida statistik ma'lumotlar, vazirlik rahbariyatining qabul kunlari va vaqtlari, hududlarda o‘tkaziladigan sayyor qabullar grafigi to‘g‘risidagi ma'lumotlar vazirlikning rasmiy veb-saytiga (www.fvv.uz) joylashtirilib kelinmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Ishonch telefoni” (71.212-66-11, 1101) va boshqa elektron shaklda kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ularning ko‘rib chiqilishi, viloyatlar kesimida tahlil qilinib yuqorida ko‘rsatilgan veb-saytga joylashtirib boril