2021 yilning 12 oyi davomida FVV tizimida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganilishi bo‘yicha tahliliy ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga 2021 yilning 12 oyida jami 6802 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 4303 tasi og‘zaki, 1178 tasi yozma va 1321 tasi elektron (shundan 1271 tasi Virtual qabulxona orqali) murojaatlar.
Kelib tushgan murojaatlarning 950 tasi qanoatlantirilgan, 5224 tasiga tushuntirish berilgan, 552 tasi taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 44 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 3 tasi rad etilgan, 29 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, shu davrda vazirlik Markaziy apparatiga jami 1990 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 982 tasi og‘zaki, 553 tasi yozma va 455 tasi elektron (shundan 405 tasi Virtual qabulxona orqali) murojaatlar. Mazkur murojaatlarning 439 tasi qanoatlantirilgan, 1016 tasiga tushuntirish berilgan, 485 tasi taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 40 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan (shundan 17 tasi anonim), 10 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Vazirlik Markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi favqulodda vaziyatlar xavfi bor hududlardan ko‘chirish masalalari bo‘yicha, 1 tasi tabiiy ofatdan yashash joylari zarar ko‘rgan hollarda boshqa imorat qurishda yordam so‘ragan, 93 tasi favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar bo‘yicha (noqonuniy qurilishlar va h.k.), 5 tasi qutqaruv xizmati faoliyati bo‘yicha, 96 tasi favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi xodimlarining harakatlari bo‘yicha, 17 tasi ruxsatnoma, ma'lumotnoma va hujjatlar olish bo‘yicha, 527 tasi favqulodda vaziyatlar vazirligiga xizmatni tiklash yoki qabul qilish bo‘yicha, 136 tasi ijtimoiy masalalar to‘g‘risida (pensiya, aliment, kompensasiya, uy-joy va h.k.), 631 tasi turli taklif va masalalar bo‘yicha, 465 tasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha, 17 tasi anonim murojaatlar.
Vazirlik markaziy appratiga kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 820 taga (70 %) ko‘paygan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha har chorak yakunida tahliliy ma'lumotlar, sharh (takliflar bilan birga) tayyorlanib, vazirlik rahbariyatiga kiritib boriladi hamda umumiy yig‘ilishda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab kelinmoqda.
Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi vazirlik rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan.
Ishonch telefoni kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan TAHLILIY MA'LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga 2021 yilning 1 yanvaridan – 31 dekabrga qadar ya'ni 12 oy davomida Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi va quyidagilar aniqlandi.
Shu davrda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 340 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilgan, o‘rganilgan murojaatlarning 38 tasi qanoatlantirilgan, 243 tasiga tushuntirish berilgan, 48 tasi taalluqliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 8 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 tasi anonim deb topilgan, 2 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Shu davrda ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi favqulodda vaziyatlar xavfi bor hududlardan ko‘chirish masalalari bo‘yicha, 47 tasi Favqulodda vaziyatlar idoralari faoliyatiga aloqasi bo‘lmagan masalalar bo‘yicha, 1 tasi tabiiy ofatdan yashash joylari zarar ko‘rgan xollarda boshqa imorat qurishda yordam so‘raganlar bo‘yicha, 53 tasi Favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar bo‘yicha (noqonuniy qurilishlar va h.k.), 5 tasi qutqaruv xizmatining faoliyati bo‘yicha, 44 tasi Favqulodda vaziyatlar idoralari xodimlarining noto‘g‘ri harakatlari bo‘yicha, 5 tasi ruxsatnoma, ma'lumotnoma va hujjatlar olish bo‘yicha, 58 tasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xizmatni tiklash yoki qabul qilish bo‘yicha, 24 tasi ijtimoiy masalalar bo‘yicha (pensiya, aliment, kompensasiya, uy-joy va h.k.), 1 tasi anonim, 101 tasi turli taklif va masalalar bo‘yicha qilingan.
Tahlilga ko‘ra, shu davrda noqonuniy qurilishlar, xodimlarining noto‘g‘ri harakatlari hamda vazirlik tizimiga ishga kirish bo‘yicha murojaatlar soni ko‘payganligi holati muhokama qilinib tegishli chora-tadbirlar belgilash choralir ko‘rib borilmoqda.
Shu kunga qadar Ishonch telefoni orqali “Korrupsiya” bilan bog‘liq murojaat kelib tushmagan.
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar alohida nazoratga olingan.