2021 yilning 6 oyi davomida FVV tizimida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganilishi bo‘yicha tahliliy ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga 2021 yilning 1-yarim yilida jami 4207 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 2757 tasi og‘zaki, 715 tasi yozma va 735 tasi elektron (shundan 699 tasi Virtual qabulxona orqali) murojaatlar.
Kelib tushgan murojaatlarning 580 tasi qanoatlantirilgan, 3255 tasiga tushuntirish berilgan, 287 tasi taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 27 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 tasi rad etilgan, 56 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, shu davrda vazirlik Markaziy apparatiga jami 1118 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 562 tasi og‘zaki, 312 tasi yozma va 244 tasi elektron (shundan 208 tasi Virtual qabulxona orqali) murojaatlar. Mazkur murojaatlarning 273 tasi qanoatlantirilgan, 563 tasiga tushuntirish berilgan, 239 tasi taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 23 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan (shundan 7 tasi anonim), 20 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Vazirlik markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi favqulodda vaziyatlar xavfi bor hududlardan ko‘chirish masalalari bo‘yicha, 1 tasi tabiiy ofatdan yashash joylari zarar ko‘rgan hollarda boshqa imorat qurishda yordam so‘ragan, 69 tasi favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar bo‘yicha (noqonuniy qurilishlar va h.k.), 4 tasi qutqaruv ixzmati faoliyati bo‘yicha, 59 tasi favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi xodimlarining harakatlari bo‘yicha, 9 tasi ruxsatnoma, ma'lumotnoma va hujjatlar olish bo‘yicha, 262 tasi favqulodda vaziyatlar vazirligiga xizmatni tiklash yoki qabul qilish bo‘yicha, 109 tasi ijtimoiy masalalar to‘g‘risida (pensiya, aliment, kompensasiya, uy-joy va h.k.), 372 tasi turli taklif va masalalar bo‘yicha, 224 tasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha, 7 tasi anonim murojaatlar.
Vazirlik markaziy appratiga kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 567 taga (203 %) ko‘paygan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha har chorak yakunida tahliliy ma'lumotlar, sharh (takliflar bilan birga) tayyorlanib, vazirlik rahbariyatiga kiritib boriladi hamdaumumiy yig‘ilishda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab kelinmoqda.
Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi vazirlik rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan.
Ishonch telefoni kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan TAHLILIY MA'LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga
2021 yilning 1 yanvaridan – 30 iyunga qadar ya'ni 6 oy davomida
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi va quyidagilar aniqlandi.
Shu davrda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 244 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilgan, o‘rganilgan murojaatlarning 29 tasi qanoatlantirilgan, 170 tasiga tushuntirish berilgan, 29 tasi taalluqliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborilgan, 6 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 tasi anonim deb topilgan, 9 tasi keyingi hisobot davriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Shu davrda ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi favqulodda vaziyatlar xavfi bor hududlardan ko‘chirish masalalari bo‘yicha, 29 tasi Favqulodda vaziyatlar idoralari faoliyatiga aloqasi bo‘lmagan masalalar bo‘yicha, 1 tasi tabiiy ofatdan yashash joylari zarar ko‘rgan xollarda boshqa imorat qurishda yordam so‘raganlar bo‘yicha, 35 tasi Favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar bo‘yicha (noqonuniy qurilishlar va h.k.), 4 tasi qutqaruv xizmatining faoliyati bo‘yicha, 32 tasi Favqulodda vaziyatlar idoralari xodimlarining noto‘g‘ri harakatlari bo‘yicha, 2 tasi ruxsatnoma, ma'lumotnoma va hujjatlar olish bo‘yicha, 44 tasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xizmatni tiklash yoki qabul qilish bo‘yicha, 18 tasi ijtimoiy masalalar bo‘yicha (pensiya, aliment, kompensasiya, uy-joy va h.k.), 1 tasi anonim, 77 tasi turli taklif
va masalalar bo‘yicha qilingan.
Tahlilga ko‘ra, shu davrda noqonuniy qurilishlar, xodimlarining noto‘g‘ri harakatlari hamda vazirlik tizimiga ishga kirish bo‘yicha murojaatlar soni ko‘payganligi holati muhokama qilinib tegishli chora-tadbirlar belgilash choralir ko‘rib borilmoqda.
Shu kunga qadar Ishonch telefoni orqali “Korrupsiya” bilan bog‘liq murojaat kelib tushmagan.
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar alohida nazoratga olingan.