2017 yil davomida xorijiy va xalqaro tashkilotlar vakillarining Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari bilan uchrashuvlari

2017 yil 2 may kuni vazirlik binosida Germaniyaning O’zbekistondagi elchisi N.Xyoffer-Vissingning Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida O’zbekiston va Germaniya o’rtasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish sohasidagi ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

2017 yil 3 may kuni vazirlik binosida Yaponiyaning O’zbekistondagi elchisi N.Itoning Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish sohasidagi ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

2017 yil 16 may kuni “Uzmaxsusimpeks” DKda Ukrainanig “Energoxim” IICHB mutaxassislarining O’zbekistonga tashrifi doirasida o’tkazilgan prezentasiyada vazirlik xodimlari ishtirok etdilar.

2017 yil 17-19 may kunlari RXM xodimlari “Eksport nazorati va chegaralar xavfsizligi” dasturi doirasida “Milliy nazorat ro’yxatini qo’llash: lisenziyalash” mavzusida o’tkazilgan seminarda ishtirok etdilar.

2017 yil 7-20 may kunlari AQSHning Energetika vazirligi xodimlarining O’zbekistonga tashrifi doirasida RXMda uchrashuv o’tkazildi va chegara postlarini tekshirishda RXM xodimi ishtirok etdi.

2017 yil 15-16 may kunlari Qozog’istonning Almati shahrida Migrasiya xalqaro tashkiloti tomonidan “Favqulodda vaziyatlarda migrantlarni muhofaza qilish” mavzusida o’tkazilgan mintaqaviy o’quv seminarida vazirlik xodimlari ishtirok etdilar.

2017 yil 15-19 may kunlari Avstriyaning Vena shahrida MAGATE tomonidan ilmiy reaktorlarni xavfsiz ekspluatasiyasi uchun hulq kodeksini qo’llash bo’yicha mintaqaviy yig’ilishida RXM xodimi ishtirok etdilar.

2017 yil 15-19 may kunlari Radiasiyon xavfsizlik markazida ENCO Consulting Group kompaniyasi mutaxassisi tomonidan VVR-SM reaktorining zamonaviy avariyaviy ventilyasiya tizimida ta’mirlash ishlarini yakunlash ishlari olib borildi.

2017 yil 22-24 may kunlari Vena shahrida BMT Xavfsizlik Kengashining 1540-sonli rezolyusiyasini O’zbekiston tomonidan amalga oshirilishi masalalari bo’yicha milliy ekspertlarining uchrashuvida vazirlik xodimi ishtirok etdi.

2017 yil 23-25 may kunlari Qozog’istonning Astana shahrida “Markaziy Osiyoda radiatsion manba’larning xavfsizligini oshirish” mavzusida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy seminarda vazirlik xodimi ishtirok etdi.

2017 yil 22-26 may kunlari Rossiyaning Dimitrovgrad shahrida MDHga a’zo-davlatlar ilmiy reaktorlari kaolitsiyasining yillik yig’ilishida RXM xodimi ishtirok etdi.

Davlat ramzlari