Аholini ruhiy qo'llab-quvvatlash
O‘zbekiston Respublikasi FVV psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limi
2014 yil iyun oyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida Psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, bo‘lim tarkibida “psixologiya” ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasining “Tez psixologik yordam ko‘rsatish markazi”da “Ekstremal holatlar psixologiyasi” kursini tamomlagan psixolog xodimlar faoliyat olib boradilar.
Bo‘lim vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchisi -FVV tizimi shaxsiy tarkibi qutqaruvchilar, g‘avvoslar, xizmatchilar va boshqa mutaxassislar faoliyatini psixologik kuzatib borish. Jumladan, kasbiy tanlov, psixologik tayyorgarlik, xizmat vazifalarini bajarishda kelib chiqadigan muammo va qiyinchiliklar echimini topish va h.k.
Ikkinchisi - favqulodda vaziyatlarda jabrlanuvchilarga psixologik yordam ko‘rsatish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan joylarda jabrlanuvchi va ularning yaqinlariga psixologik yordam ko‘rsatish, psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilishini (ko‘pincha) belgilab bergan.
O‘z ish faoliyatida bo‘lim mutaxassislari ekstremal psixologiya yo‘nalishida to‘plangan tajribaga tayangan holda, ekstremal kasb egalarini zamonaviy psixofiziologik diagnostika va psixologik tayyorlash usullarini rivojlantirib borishadi.
Faoliyat yo‘nalishlari
Favqulodda vaziyatlarda psixologik ta’minlash
Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni psixologik kuzatib borish, tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va fojealar oqibatida jabrlanuvchilar hamda ularning yaqinlariga tezkor psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. O`tkaziladigan kompleks tadbirlar favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan xududda ijtimoiy-psixologik holatni barqarorlashtirish, jabrlanuvchilarga tezkor psixologik yordam ko‘rsatish, jabrlanuvchi hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchi xodimlarining salbiy psixologik holatlarini oldini olish.
Tezkor psixologik yordam ko‘rsatish, birinchi tez yordam ko‘rsatish kabi, qanchalik tez yordam ko‘rsatilsa jabrlanuvchi odatiy hayotga qaytib, ruhiy salomatligini saqlab qolishi imkoniyati oshadi. Aynan shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi FVV psixologik yordam ko‘rsatish mutaxassislari favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga etib borib, favqulodda vaziyat oqibatlari bartaraf etish ishlari tugamagunicha kechayu-kunduz mobaynida faoliyat olib boradilar.
Favqulodda vaziyatda psixologning birinchi harakatlari-jabrlanuvchi xis etayotgan kuchli emotsional reaksiyalarini engib olishida unga yordam berish. Bu qo‘rquv, jahl, g‘azab, ranj-alam, vahima hamda judolik xissi bo‘lishi mumkin. Ushbu stressga bo‘lgan keskin reaksiyalar insonning juda ko‘p kuchini (energiyasini) olib qo‘yadi va shu bilan birga o‘zi va atrofidagilarning ruhiy salomatligi uchun juda xavfli.
Keskin vaziyatlarda psixologlardan jabrlanuvchilarga psixologik yordam ko‘rsatish vazifasi bilan birgalikda, asosiy vazifalaridan biri, bu jabrlanganlar va vafot etganlarning yaqinlariga axborot berib borish. Noaniqlik va axborot vakuumi (etishmasligi) holati jabrlanuvchi insonlarning ruhiy holatiga kuchli zararli ta’sir etadi.
Favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda insonlarda jabrlanganlarning holati, ularning turar joylari, qilinayotgan ishlar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarga kuchli ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi psixolog-mutaxassislari bir necha turli favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlar va ularning yaqinlariga psixologik yordam ko‘rsatildi.
FVV tizimi xodimlarini psixologik kuzatib borish.
FVV tizimi mutaxassislari-qutqaruvchilar, g‘avvoslar, shifokorlar, tog‘-qutqaruvchilar, har kuni keskin vaziyatlarda faoliyat olib boradilar va kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni boshidan kechiradi. Aynan, shu sababli psixologik diagnostika, kasbiy tayyorgarlik tadbirlari – professional faoliyatning salbiy ta’sirlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan.
Psixodiagnostik tadbirlar
Psixodiagnostik tadbirlar doirasida turli turdagi test metodikalaridan tashqari maxsus apparatli metodikalardan foydalaniladi. Ushbu tadbirlar nafaqat ishga kirayotgan nomzodlarning FVV tizimida xizmat qilishga tayyorgarligini, balki xizmat davomida favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislarining psixologik holatini dinamik kuzatish imkonini beradi. Diagnostik tadbirlar natijalari, xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik salbiy oqibatlarni o‘z vaqtida aniqlashda yordam beradi.
Psixologik tayyorgarlik
Psixologik tayyorgarlik tadbirlari doirasida FVV tizimi xodimlari bir tomondan, professional burchini samarali bajarish, ikkinchi tomondan-o‘zining ruhiy salomatligini saqlab qolish borasida bilim, ko‘nikma va maxoratga ega bo‘ladilar.
FVV tizimi xodimlarini psixologik tayyorlab borish-professional tayyorgarlikning asosiy qismlaridan biri. Ushbu tadbirlar ma’ruza va trening mashg‘ulotlari, O‘R FVV xodimlari uchun psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari, shu bilan birga zamonaviy interaktiv metodika va innovatsion usullardan foydalangan xolda amalga oshiradilar.
Halqaro hamkorlik
Psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limi mutaxassislari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda, o‘quv-uslubiy yig‘in hamda turli seminarlarda ishtirok etadilar.