Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

13-oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni

Ma'lumot uchun. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2009 yil 21-dekabrdagi 64/200-sonli rezalyusiyasiga asosan 13-oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb belgilangan. Mazkur sana dunyoning barcha mamlakatlarida keng nishonlanadi.

Bu kunda dunyo maydonida sodir bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar, ular oqibatida halok bo‘lganlar xotirlanadi. Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar sarhisob qilinadi.

Soha yo‘nalishi bo‘yicha uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli tadbirlar, viktorinalar, seminarlar va boshqa bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.
Doimiy kuzatishlar natijasida ma'lum va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan, amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi loyihalarga asos solinadi va ularning ijrosi ta'minlanadi.

Joriy yilning 14-oktyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matubuot anjumani Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuniga bag‘ishlandi.


Mazkur anjumanda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet markazi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

***
Inson manfaati, uning qadr-qimmati, salomatligi va havfsiziligini ta'minlash kundalik hayotimizda dolzarb, ustuvor va muhim urinni egallaydi.


Inson xayotining rivojlanish tarixi tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar va xavfli tabiiy hodisalar bilan bog‘liqdir. Turli xil favqulodda vaziyatlar odamlarning qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoitini izdan chiqarishiga olib keladi.


Ushbu yo‘nalishda asosiy e'tibor favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini tugatish emas, balki favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ya'ni oldindan o‘tkazilib favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlar sog‘lig‘ini saqlash, atrof muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilmoqda.


Inson-tabiat-jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni faqat qonun va inson hayotining ustuvorligi, keng ko‘lamli izlanishlar olib borilishi, soha yo‘nalishida ishlab chiqilgan davlat dasturlari va chora-tadbirlarni to‘laqonli bajarilishi asosida saqlash mumkin.


Ushbu tadbirlarni samarali tashkil etish, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi har bir tuzilma, xizmatlar mutaxassislarining sohaviy me'yoriy-huquqiy majburiyatlarini mukammal bilishi, malakasini doimo oshirib borishi, yuklatilgan vazifalarini o‘z vaqtida sifatli bajarishlarini taqazo etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech