O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2016 yil 30 dekabrdagi 5-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-7 aprel kunlari Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida, 12-14 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva tumanida hamda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqlarining maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
tumanlardagi aloqa va markazlashtirilgan xabar berish tizimini ishonchli va barqaror ishlashini amalda tekshirish;
tuman FVDT quyi tizimining boshqaruv organlari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘z funksional vazifalarini bajarish darajasini aniqlash;
favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularga hayot maromini ta’minlovchi zaruriy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek vayron bo‘lgan hududlar va iqtisodiyot ob’ektlarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishga tayyorgarlik holatini tekshirish;
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish hamda muvofiqlashtirish.
Buxoro viloyati Olot va Qorako‘l tumanlarida jami 2192 nafar kishi va 152 ta texnika jalb etildi;
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida jami 5476 nafar kishi
va 183 ta texnika jalb etildi;
Xorazm viloyati Xiva tumanida 27543 nafar kishi va 200 ta texnika jalb etildi;
O‘quv mashqlari davomida jami 35211 nafar kishi va 535 ta texnika jalb etildi.
O‘quv mashqlarini o‘tkazish davomida tumanda aloqa va xabar berish xizmatlari tomonidan boshqaruv organlari, FVDT xizmatlariga xabar berish hamda aholini ogohlantirish bo‘yicha harakatlari; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari; maktabgacha ta’lim va o‘rta ta’lim mussasalarida hamda ish bilan band bo‘lmagan aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy tadbirlar o‘tkazilib, ijtimoiy va iqtisodiyot obyektlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari, maktabgacha ta’lim muassasalarida, hamda umumta’lim maktablarida tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar ishtirokida “Fuqaro muhofazasi kunlari” o‘tkazildi.