Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

2019 yilda sel-toshqin va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar

2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “2019 yilda sel-toshqin va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.


Anjumanda Favqulodda vaziyatlar vazirligining vakillari bilan bir qatorda Davlat geologiya qo‘mitasi hamda “O‘zgidromet” markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda sel-toshqin bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda idoralararo shtab faoliyatining ahamiyati yuzasidan ma'ruza o‘qib etirrishdi. Qolaversa, soha mutaxassisilari sel va suv toshqinlari xavfi saqlanib qolgan hududlar to‘g‘risida, bu kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida, xususan, 2018-2019 yillarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilayotgan tadbirlar borasida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.


Bugungi kunda Xavfli hududlarda sel, toshqin suvlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun daryo, soy, ariq va kanallar o‘zanlarini tozalash hamda qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha joylarda 93 ta (yil davomida reja 133 ta, unga nisbatan 69,9%) amaliy maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarga 1003 ta texnika 8260 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, o‘quv-mashqlari davomida 77149 m3 tuproq ishlari, 26881 m3 qum-shag‘al, 3695 m3 xarsang tosh ishlari, 1533 m3 beton, 35771 p/m o‘zan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Ta'kidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z faoliyati davomida vazirliklar, idoralar va boshqa nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ularni oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Har yili 20 noyabrdan 10 dekabrga qadar Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zgidromet” markazi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari, hududiy hokimliklar vakillari ishtirokida respublikaning ko‘chki va sel-toshqin hududlarida o‘rganish ishlari amalga oshiriladi va xavfli hududlarda istiqomat qiladigan aholi soniga aniqliklar kiritiladi.


Respublikadagi suv omborlarida suv toshqinlarini talofatsiz qabul qilish va o‘tkazib yuborishga tayyorgarlik holati o‘rganildi va tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, ob'ektning barqaror ishlashiga ta'sir qiluvchi aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha suv omborlari rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv toshqini va sel oqimini oldini olish va xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, har yili Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy,Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hokimliklari balansida bo‘lgan daryo va soylarning o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borilishi tashkil etilmoqda.

Respublikamizdagi bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish oromgohlari tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda mavsum boshlanishidan oldin o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, geologik xavfli hududlarda oromgohlar, gidrometeorologik xavfli hududlarda oromgohlar sel oqimi, suv toshqini va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda joylashganligi aniqlanadi va respublikaning tog‘li hududlarida joylashgan barcha Bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari va dam olish maskanlari o‘rganib chiqildi.

Joriy yilda respublika miqyosida jami bo‘lib 222 ta stasionar oromgohlar faoliyat yuritilishiga ruxsat etilgan. Jizzax viloyati Jizzax tumanida joylashgan “Bobur” va “Bo‘ston” oromgohlari sel-toshqini xavfi mavjudligini inobatga olib, 2019 yilda faoliyat yuritish uchun ruxsat etilmadi.

Respublikamiz hududida joylashgan bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlar rahbarlari bilan Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari maxsus 7 soatlik dastur asosida 406 nafar xodimlar tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda dam oluvchi bolalarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Ichki ishlar idoralari bilan birgalikda 213 ta stasionar oromgohlarning evakuasiya tadbirlari va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish rejalari qayta ko‘rib chiqildi va ularga aniqliklar kiritildi.

Mavsum mobaynida oromgohlarda fuqaro muhofazasi burchaklari tashkil etilishi va ularni ko‘rgazmali qurollar, eslatmalar hamda yo‘riqnomalar bilan ta'minlashda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarda joylashgan aholi xavfli hududlarga ko‘chirilib vaqtincha ko‘chirilgan aholini doimiy xavfsiz hududlarga ko‘chirish ishlari nazoratga olingan.

Tibbiy yordam muassasalarida qo‘shimcha joylar tayyorlanib, zarur miqdordagi asbob-anjom, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi vositalari bilan ta'minlandi va dori-darmon zahiralari yaratildi.

Jumladan, har yili O‘zgidromet markazi va Davlat geologiya qo‘mitasining xodimlari bilan birgalikda, sel, suv toshqini va ko‘chki xavfi mavjud hududlar birma-bir o‘rganib chiqiladi hamda baland tog‘li hududlaridagi ko‘llarning holati va qor zahirasini aniqlash maqsadida, aerovizual kuzatuv ishlari amalga oshiriladi.
Mana shunday mulohazalar bilan davom etgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech