Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

2022 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “2022 yilda Sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

2022 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “2022 yilda Sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 2022 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “2022 yilda Sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” markazi, Davlatgeologiya va Mineral resurslar qo‘mitasi mutaxassislari, shuningek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda sel-toshqin bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda idoralararo shtab faoliyatining ahamiyati yuzasidan ma'ruza qilishdi. Qolaversa, soha mutaxassislari sel va suv toshqinlari xavfi saqlanib qolgan hududlar to‘g‘risida, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida, xususan, 2021-2022 yillarda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilayotgan tadbirlar borasida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi tomonidan joriy yil uchun sel-toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar Dasturi har yili ishlab chiqilib, tasdiqlanadi va amalga joriy etiladi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv toshqini va sel oqimining oldini olish va xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, har yili Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hokimliklari balansida bo‘lgan daryo va soylarning o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borilishi tashkil etiladi. Hukumat tomonidan respublikamiz aholisi va hududlarini sel-toshqinlar va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun maxsus mablag‘lar ajratib kelinayotganligi bu boradagi tadbirlarning sifati va samaradorligini yanada oshirmoqda. Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar uchun 2012 yilda 6 milliard 710 million 700 ming so‘m, 2013 yilda 12 milliard so‘mga yaqin, 2014 yilda 14 milliard so‘mga yaqin, 2015 yilda 13 milliard so‘mga yaqin, 2016 yilda 23 milliard so‘mga yaqin, 2017 yilda 23 milliard 700 million so‘m, 2018 yilda 38 milliard 700 million so‘m 2019 yilda 49 milliard 500 million so‘m, 2020 yilda 79 milliard 322 million so‘m, 2021 yilda 98 milliard 360 million so‘m mablag‘ ajratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 2022 yil ham davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga jami 89 ta ob'ektlarda muhandislik himoya ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.Xavfli hududlarda istiqomat qilayotgan aholini xavfsiz joyga ko‘chirish, tegishli muhandislik himoya tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan mahalliy hokimliklar va mutasaddi korxona, tashkilotlar rahbarlariga yozma ko‘rsatmalar berilib, aniq muddatlar belgilandi.
Aholini suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan ogohlantirish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar va qutqaruv ishlarini amalga oshirish maqsadida joylarda tashkil etilgan jami 143 ta nazorat-kuzatuv postlari zaruriy aloqa vositalari bilan ta'minlandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati binosida sel oqimlari va toshqin suvlariga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo tezkor Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Avtomobil' yo‘llari va Davlat geologiya qo‘mitalarining mas'ul xodimlari tarkibidan navbatchilik tashkil qilindi hamda hududlardagi vaziyat bo‘yicha muntazam ravishda axborot almashinuvi olib borilib, gidrotexnik inshootlardagi suv miqdori nazoratga olindi.
Bugungi kunga qadar doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan 48 ta xo‘jalik 222 nafar fuqarodan:
Toshkent viloyatida (1 ta xo‘jalik 4 nafar fuqaro) doimiy yashash uchun xavfsiz hududlarga ko‘chirildi; Qashqadaryo (14ta xo‘jalik 88 nafar fuqaro), Farg‘ona (13 ta xo‘jalik 28 nafar fuqaro), Jizzax (1 ta xo‘jalik 4 nafar fuqaro), Namangan (1 ta xo‘jalik 4 nafar fuqaro), Samarqand (5 ta xo‘jalik 35 nafar fuqar), Toshkent (2ta xo‘jalik 8 nafar fuqaro ) viloyatlarida jami 36 ta xo‘jalik 169 nafar fuqarolar vaqtincha yashash uchun xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda xavfli hududlarda daryolar, soylar va kanallar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oq va dambalarni mustahkamlash bo‘yicha 172 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga jami 96 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida 6 105 nafar ishtirokchi va 1 176 ta texnika tomonidan 47 588 m3 tuproq, 37 943 m3 qum-shag‘al, 4 921 m3 beton ishlari bajarilib, 60,8 km masofadagi magistral kanal, daryo va soylar o‘zanlarining tozalanishiga erishildi.
Shuningdek, 5240 ta profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari o‘tkazilib, ularda 137 863 nafar aholi qamrab olindi. Olib borilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga 77 257 dona eslatma, bukletlar tarqatildi.
Ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanib, televidenie orqali 290 ta va radio orqali 2 938 ta chiqishlar, gazetada (jurnal) sahifalarida
299 ta maqolalar chop etildi.
Ta'kidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z faoliyati davomida vazirliklar, idoralar va boshqa nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ularning oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech