Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

2022-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

2022-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minot” AJ hamkorligida Milliy matbuot markazida “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.  2022 yil 9 sentyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minot” AJ hamkorligida Milliy matbuot markazida “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.  Matbuot anjumanini o‘tkazishdan asosiy maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob'ektlari hamda aholi yashash joylarida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha ma'lumot berishdan iborat.Amalga oshirilgan tadbirlar mazmuniga to‘xtaladigan  bo‘lsak, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida, jami 415 ta ishchi guruh tashkil etildi.Ushbu guruhlarga daxldor idoralar mutaxassis va xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha 233 marotaba mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bozorlar va turli savdo shoxobchalarida 363 marotaba reydlar o‘tkazildi, 67 ta nostandart isitish moslamalari sotilishi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Isitish tizimlarini sifatsiz montaj qilish, ularga noqonuniy xizmat ko‘rsatish holatlari bo‘yicha 14 ta shug‘ullanuvchi shaxslar aniqlanib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi.Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish va gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha aholi turar joylarida maxsus jurnalga imzo qo‘ydirish bilan 517 mingdan ziyod hamyurtlarimiz bilan, korxona va tashkilotlarda esa 5 mingdan ziyod ishchi-xizmatchilar bilan yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazildi. Profilaktik tadbirlar jarayonida, 198 ming 559 ta tabiiy gaz va qattiq yoqilg‘ida ishlatiladigan pechlar dudburonlaridagi 7 ming 450 ta nosozliklardan 6 ming 847 tasi (92%) tuzatildi. Ko‘p kvartirali uylarning 201 ming 597 ta xonadonlariga kirib borgan gaz quvurlarida aniqlangan 1836 ta nosozliklardan 1629 tasi (88%) bartaraf etilishiga erishildi.Shuningdek, 8 ming 449 ta ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la qavatlarida aniqlangan 462 ta kamchiliklardan 365 tasi ( 79 %), 9 ming 145 ta uylarning chordoq qavatlaridagi 366 ta kamchiliklardan 283 tasi ( 77,3% ) bartaraf etildi.Bugungi kunga qadar ishchi guruhlar tomonidan jami 603 mingdan ortiq yakka tartibdagi aholi turar joylari, 8 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar va ulardagi 650 mingga yaqin xonadonlarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, 1 mln 120 ming fuqarolarga  yo‘l-yo‘riqlar berildi.Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, o‘tgan 2021 yil davomida olib borilgan profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan respublika hududida 10 667 ta yong‘in sodir bo‘lib, oqibatda 112 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 240 nafar inson turli darajada tan jarohatini olgan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarning 76 foizi aholi turar-joylariga to‘g‘ri kelgan.    Yong‘inlar sabablari tahlil qilinganda, ularning 36,3 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 26,8 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14,4 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 9,7 foizi bolalar sho‘xligi oqibatida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi. Aynan qish mavsumida o‘rtacha har 3 ta sodir bo‘lgan yong‘inning bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki nosoz va nostandart isitish moslamalarining ishlatilishidan kelib chiqqan bo‘lib, ayanchli oqibatlarga olib kelgan.Tahlillar ko‘rsatmoqdaki, baxtsiz hodisalar aksariyat holatlarda tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlarini hamda isitish pechlarini ishlatishda “gazdan foydalanish”, “texnik va yong‘in xavfsizligi” qoidalariga rioya etilmaganligi, gaz tarmog‘iga noto‘g‘ri ulanish, xonadonlarda ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik hamda dudburonlarning nosozligi oqibatida kelib chiqmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib,  Sizlardan quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz:- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;- isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlarining dudbo‘ronlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;- nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;- gaz va elektr moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;- gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;- gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (ya'ni gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e'tibor bering.    Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring. Bu haqda “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” telefon raqamiga xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish orqali Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘inlardan asrab qolgan bo‘lasiz.Ushbu qoidalarga rioya etish orqali Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yong‘inlardan asrab qolgan bo‘lasiz.
E'tiboringiz uchun rahmat.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech