Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI TADBIQ ETISHGA BAG‘ISHLANDI

Barchamizga ma'lumki bugun dunyo miqyosida turli sohalarda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularsiz zamonimizni tasavvur etish mushkul. Xususan, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatni amalga oshirishda aloqa va axborotlashtirish tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Joriy yilning 25 fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining majlislar zalida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda yurtimiz hamda xalqaro tashkilot va idoralarining soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbirni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor T.Xudaybergenov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng  O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari – AKT bo‘yicha maslahatchi janob Kim Nam Sok “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturlar, olib borilayotgan ishlar hamda Koreya Respublikasi tajribasidan kelib chiqib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish bo‘yicha ustuvor vazifalari” mavzusida ma'ruza qildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda “UZINFOCOM” DUK, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, Axborot xavfsizligini ta'minlash, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Uzmedinfo” sog‘liqnisaqlash elektron rivojlantirish hamda “Uzgidromet” markazlari, shuningdek,  “Elektrenergetik” Davlat inspeksiyasi, “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Uzavtoyo‘l” DAK, AK “Uzbektelekom” hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, tashkilot korxonalarning dasturiy mahsulotlarni dasturlovchi xodimlari ishtrok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda axborot resurslarini joriy etish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasidagi ma'ruzalarini ko‘rgazmali slaydlar orqali yig‘ilganlar e'tiboriga havola etdilar.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, respublikada Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimlari (FVDT) o‘rtasida avtomatlashgan holda ma'lumot almashish va axborot bazalarini hamda axborot tizimlarini yaratish shuningdek, respublika aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga oid axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni tadbiq etishdir.

O‘z o‘rnida ta'kidlab o‘tish joizki istiqlol yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida respublikamizda “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirishda 2013-2020 yillarda kompleks axborotlashtirish tizimlari va Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida oqilona islohotlar amalga oshirilib, ayni yangilanishlar hozirda o‘zining munosib samarasini bermoqda. Buni biz yurtimizdagi bunyodkorlik, yaratuvchanlik, xalqimiz tinchligi va xotirjamligini ta'minlash borasida olib borilayotgan izchil tadbirlarda  yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida bunyod etilgan Zilzilani simulyatsiya qilish majmuasiga tashrif buyurdilar. Tadbir qatnashchilari majmuada zilzilalar tarixi muzeyi, relaksatsiya xonasi, tibbiy yordam xonasi, ekspozitsiya zali, konferens zal, o‘quv sinfi va zilzilani simulyatsiya qilish xonalari bilan yanqindan tanishib, tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarga oid ko‘nikma va taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech