FVV ogohlantiradi:
4-8 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

Buxoroda yangi ziyo maskani

Joriy yilning 10 yanvar kuni Buxoro viloyatida yangi ziyo maskanlaridan biri – Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi binosining tantanali ochilish tadbiri o‘tkazildi.

Ochilish tantanasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi,  Buxoro viloyati hokimiyati hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov nutq so‘zlab, istiqlol yillarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilishning samarali va barqaror tizmi yaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

Darhaqiqat, mazkur zamonaviy tizim maksimal aniq bashorat qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tezkor bartaraf etishga, shu jumladan, tabiiy ofatlar havfini kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, aholini va rahbarlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qishga tayyorlash mazkur tizimning asosini tashkil etadi. Zero, viloyatda bunyod etilgan o‘quv markazining asosiy faoliyati ham Buxoro aholisi va rahbarlar tarkibini favqulodda vaizyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashdan iboratdir.

Ushbu o‘quv markazida kutubxona, bir necha o‘quv auditoriyalari mavjud bo‘lib, fuqaro muhofazasiga oid bilim-ko‘nikmalarni oshirish, soha yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, markaz zamonaviy kompyuter texnologiyalari, qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan etarli ta’minlangan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyatini tubdan yaxshilash doirasida nafaqat o‘quv markazi qurib bitkazildi, balki, boshqarmada faoliyat yuritayotgan bir qator xarbiy xizmatchilarga yangi turar joylar bunyod etildi. Tadbir davomida shinam uylar o‘z egalariga topshirildi.

Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bu kabi g‘amxo‘rliklar va ezgu tadbirlar zamirida sharafli kasb egalariga bo‘lgan yuksak e’tiborning ifodasini ko‘rish mumkin.

Bugun faxr bilan aytish mumkinki, O‘zbekistonda fuqaro muhofazasi sohasidagi ishlarning qamrovi ham, salmog‘i ham yil sayin jadal suratlar bilan o‘sib borayotir.

Fuqaro muhofazasi sohasidagi istiqbolli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilayotganining tub mohiyatida chuqur o‘ylangan islohotlar, tizim moddiy-texnika ta’minotini zamonaviy ilm-fan yutuqlariga hamohang ravishda rivojlantirishga, pirovardida aholi hayoti va salomatligini asrashga berilayotgan yuksak e’tibor hamda g‘amxo‘rlik mujassamdir.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech