FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta'minlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan 2019 yil 12 yanvar' kuni tasdiqlangan “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni muhofaza qilish bo‘yicha 2018 yilda amalga oshirilgan tadbirlar yakuni va 2019 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-sonli farmoyishi asosida joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Respublika cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta'minlash choralari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.


Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad – respublika hududidagi cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta'minlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish, insonlar hayotini saqlab qolish, suvda yuzaga keladigan noxush holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish, hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni muhokama qilish hamda ularning samaradorligini oshirishdan iboratdir.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil20 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 164-sonli qarori ijrosini ta'minlash” maqsadida, 2018 yil cho‘milish mavsumida dam oluvchilar xavfsizligini ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda respublika hududidagi suv havzalarida 146 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan. Cho‘milish havzalarida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha 810 ta ogohlantiruvchi shartli belgilar o‘rnatilib, 47 ta kuzatuv minoralari tashkil qilingan.


Aholi orasida cho‘milish mavsumida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirilishi ham bu borada aholiva ayniqsa yoshlarning bilimlarini oshirishga xizmat qilib, ogohlikka chaqirishda katta o‘rin tutadi. Bu borada 2018 yildan 2019 yilning shu kunga qadar respublika bo‘yicha 25 ta seminar va 1999 ta suhbatlar tashkil qilinib, 94286 ta eslatmalar tarqatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech