“Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat'iy davom ettiramiz!”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqidan (22.02.2021 yil)
Bugun 15 sentyabr' kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati majlislar zalida vazirlik shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 6 iyul' kuni Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2021 yil ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasidagi 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining mazmun-mohiyati haqida davlat xizmatchilari, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar, keng jamoatchilik hamda aholi xabardorligini yanada oshirish bo‘yicha KQ-243-IV-sonli Qarori tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid yigirmadan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Ular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” 2019 yil 2 sentyabrdagi O‘RQ-562-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida” 2021 yil 28 maydagi
SQ-297-IV-son qarorini ko‘rsatishimiz mumkin.
Seminarda so‘z olganlar so‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilganligi bo‘yicha ma'lumotlar berildi .
Shuningdek, seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi hurmatli Malika Akbarovna Kadirxanova “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida” mavzusida maruza o‘qidi.
“Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalari qo‘mitasi huzuridagi Ekspertlar guruhi a'zosi Oynisa Musurmonova “Gender tenglikni ta'minlashning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida maruza o‘qidi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, mayor Nazokat Tojieva “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda himoya orderining ahamiyati to‘g‘risida”gi ma'ruzalari bilan o‘rtoqlashadilar.
O‘tkazilgan seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Markaziy apparati, Toshkent garnizonida joylashgan tarkibiy tuzilmalar vazirlik Markaziy apparati studiyasidan, shuningdek hududiy va tarkibiy tuzilmalarimiz shaxsiy tarkibiy esa viloyatlardan videokonferens aloqa tizimi orqali ishtirok etishdi.
“Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi
- Qo'shildi: 16.09.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 0