Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Harbiy prokuratura FVV xodimlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 26 yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining majlislar zalida vazirlikning hududiy tuzilmalari, harbiy xizmatchilari va xizmatchi xodimlar bilan bevosita muloqot va sayyor shaxsiy qabul o‘tkazildi.

         Tadbirda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda quyidagi vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Xamraev Dilmurod Shamsiddinovich.
  2. Toshkent harbiy okrugi Harbiy Prokurori G‘oziev Dilmurod Normurodovich.
  3. Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vaxobov Xusan Abduhamidovich.
  4. «Qishloq qurilish invest» MCHJ IK Toshkent viloyati filiali derektor o‘rinbosari Siddiqov Zabihulla Ubaydullaevich.
  5. Toshkent Shahar IIBB bo‘lim boshlig‘i Siddiqov Ikrom Rahimjonovich.
  6. Mehnat vazirligi Yunusobod tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Rashidov Dilovar Najmiddinovich.
  7. Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasi metodika markazi metodisti Alimardonov Qahramon Asqarovich.

 Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan yangi qonun, farmon va qarorlarning mohiyatini yetkazish, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda ular bilan muloqot tashkil etish orqali mavjud muammolarni hal etishdan iborat.

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Qonunchilik bazasini har tomonlama mustahkamlash va qonunlarni so‘zsiz ijro etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, demokratik huquqiy davlatni rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlik taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash hamda uning ishonchli himoya qilinishini ta’minlashda prokuratura organlarining roli katta. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mazkur soha xodimlari ham g‘oyat mas’uliyatli vazifalarni bajarmog‘i lozim bo‘ladi.” 

 Mana shunday mulohazalar bilan davom etgan uchrashuvda, harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti, propiska masalalari, Toshkent shahridagi  ish bilan bog‘liq muammolar muhokama etildi. Ishtirokchilar tomonidan yo’llangan savollarga mutaxassislar batafsil javob beridilar.

 

          FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech