Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Harbiy prokuratura Sirdaryo viloyati FVB xodimlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 11 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan 2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i O’.Saydayev hamda O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo’lim boshlig’i D.Hamrayev rahbarligida bevosita muloqot va sayyor shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Tadbirda, vazirlik rahbariyati, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, viloyat Markaziy banki, «Qishloq qurilish invest» MCHJ IK Sirdaryo viloyati filiali, Ichki ishlar,  Sog’likni saqlash, Mehnat, Xalq ta’limi boshqarmalari vakillari shular jumlasidandir.

Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan yangi qonun, farmon va qarorlarning mohiyatini yetkazish, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda ular bilan muloqot tashkil etish orqali mavjud muammolarni hal etishdan iborat bo’ldi.

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Qonunchilik bazasini har tomonlama mustahkamlash va qonunlarni so‘zsiz ijro etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, demokratik huquqiy davlatni rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlik taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash hamda uning ishonchli himoya qilinishini ta’minlashda prokuratura organlarining roli katta. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mazkur soha xodimlari ham g‘oyat mas’uliyatli vazifalarni bajarmog‘i lozim bo‘ladi.” 

Mana shunday mulohazalar bilan davom etgan uchrashuvda, harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti, Sirdaryo viloyatidagi ish bilan bog‘liq muammolar muhokama etildi. Ishtirokchilar tomonidan yo’llangan savollarga mutaxassislar batafsil javob beridilar.

        

 FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech