2017 yilning 27 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati, Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, vazirlik Markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarining boshliqlari ishtirok etishdi.
Hay’at yig‘ilishini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad vazirlik tizimida ijro intizomi, joriy yilning I-choragida amalga oshirilgan tadbirlar hamda II-chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama etishdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shuningdek, kelgusida aholini va hududlarni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan:
Favqulodda vaziyatlar vazirligining aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasining bajarilishi holati;
Respublikaning sel, suv toshqini va ko‘chki xavfi mavjud hududlarida istiqomat qilayotgan aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish holati va mavjud muammolar;
2017 yilning yozgi cho‘milish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholining suv havzalarida xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar;
Vazirlik tizimida 9 may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan urush va mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Hay’at yig‘ilishi yakunida kun tartibidagi vazifalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar kelishib olindi.
FVV Matbuot xizmati