Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Ilm-fan namoyоndalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2017 yilning 6 yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zolari, Oliy o‘quv yurtlarining seysmologiya, o‘simlik va hayvonlarni himoya qilish, biologiya, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar hamda vazirlikning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida, mamlakatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida, bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.

Shu maqsadda, o‘tkazilgan uchrashuv davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida uchrayotgan muoammolarni ilmiy nuqtai nazardan hal qilish, bu borada aniq takliflar ishlab chiqish, mamlakatimiz ilmiy muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech