FVV ogohlantiradi:
6 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 32-37*S issiq bo‘ladi.

“Maksam-Chirchiq” AJda taktik-maxsus o‘quv mashqi o‘tkazildi

2017 yil 20 aprel kuni Chirchiq shahrida joylashgan “Maksam-Chirchiq” AJda “Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda - ammiakni tarqalishi bilan bog‘liq avariya sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqining asosiy maqsadi etib, ammiakni tarqalishiga olib kelgan avariyani bartaraf etishda obyekt boshqaruv organlari va kuch-vositalarining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakatlanish davlat tizimi (FVDT)ning Chirchiq shahar quyi tizimi bilan hamkorligini takomillashtirish deb belgilandi.

Mashq davomida oyekt rahbariyati va tuzilmalarini hamda Chirchiq shahrining korxona yaqinida joylashgan ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar hamda aholini yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor etish, zaharlanish hududiga tushadigan ishchi-xizmatchilar va aholini evakuatsiya qilish, avariya o‘chog‘ini chegaralash va bartaraf etish tadbirlari amalda namoyish etildi.

Mashq davomida korxona rahbariyati va tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakatlanish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga hamda Chirchiq shahar FVDTning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda harakatlarini takomillashishiga erishdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech