FVV ogohlantiradi:
20 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

Ovqatdan zaharlanish, is gazi va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bag`ishlangan matbuor anjumani

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining birinchi o‘rinbosari  – Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi tomonidan 2019 yil 14 noyabr kuni tasdiqlangan 70-sonli bayoni talablarini bajarish maqsadida, joriy yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida ommaviy axborot vositalari uchun “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda, Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari,  “Hududgazta'minot” AJ, Davlat soliq qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi xuzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.Hammamizga ma'lumki, kuz-qish mavsumida aholi tomonidan nostandart gaz qurilmalaridan foydalanishga ehtiyoj oshishi, konservalangan mahsulotlar iste'moli ko‘payishi hamda yong‘in bilan bog‘liq hodisalarning kuchayishi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Qamchiq” dovonida ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida dovon yo‘lida tirbandliklar yuzaga kelishi sababli fuqarolarmiz salomatligi muhofazasi yo‘nalishida samarali tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida hosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi. 

Organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida is gazidan zaharlanish mumkin. Is gazi organizmga nafas a'zolari orqali ta'sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma -  karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir xolatlarda esa  - anoksiyaga olib kelishi xamda shu tariqa inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Fuqarolar o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilish maqsadida, quyidagilarga qat'iy rioya qilishlari zarur:

- isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo‘rikonlarining tozaligini tekshirib chiqish;

- nosoz, nostandart, qo‘lbola yasalgan isitish va gaz moslamalaridan foydalanishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik;

- tabiiy gazdan foydalanishdagi turli xildagi rezina shlanglar, gaz so‘rgichlardan foydalanmaslik;

- chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina shu yo‘riqnomaga rioya qilgan holda foydalanish;

- avtomobillarga o‘rnatilgan yoki ulardan yaroqsiz deb yechib olingan texnik ko‘rikdan o‘tmagan metan va propan gaz balonlardan foydalanmaslik.

Agar xonaga tabiiy gazning to‘lib qolganligini sezib qolsangiz, zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish zarur:

- gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog‘idan o‘chirish;

- darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollatish;

- xonada elektr jihozlarini yoqmaslik, yoniq bo‘lsa o‘chirmaslik, chunki bu yong‘in yoki gaz va havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lishi mumkin;- gaz chiqayotgan joyni aniqlash uchun ochiq olovdan emas, sovun ko‘pigidan foydalanish.Gaz bilan bog‘liq yong‘in yoki zaharlanishlar sodir bo‘lganda quyidagi shoshilinch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yordam so‘rang:

1. 101 – yong‘in xavfsizligi xizmati;

2. 104 – gaz avariya dispetcherlik xizmati;

3. 103 – tez tibbiy yordam xizmati;

4. 1050 – qutqaruv xizmati.Ovqatdan zaharlanish –  zaharli bo‘lgan yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari iste'mol qilinishi natijasida organizmda yuzaga keluvchi kasallik holatidir. 

Bu kasallik - odamlarni ommaviy, guruhli, va alohida jabrlanishlari ko‘rinishida yuzaga keladi. Ovqatdan zaharlanishlar kutilmaganda yuzaga kelishi va qisqa davomiyligi bilan xarakterlanadi. Ovqat zaharlanish yoki ovqat toksikoinfeksiyalariga eskirib qolgan va turli bakteriyalar bilan ifloslangan ovqatlarni iste'mol qilish oqibatida paydo bo‘ladigan bir guruh kasalliklar kiradi. Ovqatdan zaharlanishlarning eng og‘ir shakli botulizm bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi tabiatda keng tarqalgan va uzoq muddat tuproqda spora hosil qilib saqlanib qoladi. Bu mikrob havosiz muhitda ko‘payadi, masalan konservalashda. Unga oshqozon shirasi ta'sir qilmaydi rivojlangan mikroblar o‘zlaridan ilon zahridan bir necha yuz marta kuchli toksin (zahar) ishlab chiqaradi.

Ovqatdan zaharlanish – zaharli bo‘lgan yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari iste'mol qilinishi natijasida organizmda yuzaga keluvchi kasallik holatidir.


Bu kasallik - odamlarni ommaviy, guruhli, va alohida jabrlanishlari ko‘rinishida yuzaga keladi. Ovqatdan zaharlanishlar kutilmaganda yuzaga kelishi va qisqa davomiyligi bilan xarakterlanadi.


Ovqat zaharlanish yoki ovqat toksikoinfeksiyalariga eskirib qolgan va turli bakteriyalar bilan ifloslangan ovqatlarni iste'mol qilish oqibatida paydo bo‘ladigan bir guruh kasalliklar kiradi.


Ovqatdan zaharlanishlarning eng og‘ir shakli botulizm bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi tabiatda keng tarqalgan va uzoq muddat tuproqda spora hosil qilib saqlanib qoladi. Bu mikrob havosiz muhitda ko‘payadi, masalan konservalashda. Unga oshqozon shirasi ta'sir qilmaydi rivojlangan mikroblar o‘zlaridan ilon zahridan bir necha yuz marta kuchli toksin (zahar) ishlab chiqaradi.


Botulizm og‘ir kechishi va unda o‘lim ko‘rsatgichlari yuqoriligi sababli kasallikka qarshi jiddiy choralar ko‘rilishini talab qiladi. Bu kasallikni murakkab tomoni shundaki uni gripp singari emlab yoki dizenteriya singari antibiotiklar bilan davolab bo‘lmaydi.


A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil' hamda “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘llari O‘zbekiston Respublikasining muhim ahamiyatga ega transport liniyalaridan hisoblanadi. Mazkur yo‘llar Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari bilan respublikamizning boshqa viloyatlarini bog‘laydigan muhim strategik ahamiyatga ega.


“Qamchiq” dovoni orqali o‘tuvchi avtomobil' yo‘li orqali bir kunda 15 mingdan 20 mingacha avtotransport vositalari shuningdek, “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li masofasi orqali esa 10-15 ta yuk va yo‘lovchi poezdlari qatnovi amalga oshirilmoqda.


Avtomobil va temir yo‘llarining “Qamchiq” dovoni qismida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan muhandislik-himoya tadbirlari tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tarkibida har oyning 3-dekadasida o‘rganib borilmoqda va ko‘rsatmalar berilmoqda.


O‘rganish tadbirlarida aniqlangan kamchiliklar yuazasidan shuningdek, avtomobil' hamda temir yo‘llarining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida geologik va gidrometeorologik xavflarni bartaraf etish yuzasidan loyiha asosida muhandislik-himoya tadbirlari amalga oshirilmoqda.


Xususan, bugungi kunda, avtomobil' yo‘lida 40 ta, temir yo‘lida 36 ta geologik xavfli uchastkalar mavjud bo‘lib, xavf darajasiga ko‘ra, muhandislik-himoya tadbirlari bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda. Joriy yil mavsumida avtomobil' yo‘liga xavf soluvchi 4 ta xavfli uchastkalarda polka qurish jarayonida jami 380 ming m3 tosh-tuproq ishlari bajarilgan. Shu bilan birga, avtomobil' yo‘lining tosh tushishi xavfi mavjud 40 ta uchastkalarda 4581 m3 tosh tushirish ishlari amalga oshirilgan.


Yo‘l bo‘limlariga jami 101 ta maxsus texnikalar biriktirilgan bo‘lib, shundan:
12 ta – avtogreyder;

4 ta - qor tozalash texnikasi;

2 ta - bul'dozer;

3 ta - ekskavator;

7 ta - yuklagich;

28 ta – avtosamasval;

1 ta – avtokran;

2 ta - avtobus;

12 ta - TL-100 traktori;

15 ta – KDM;

3 ta - tyagach;

2 ta – traktor;

2 ta – avtozapravka;

1 ta – suv tashish texnikasi;

1 ta – avtomasterskaya;

1 ta – avtovishka hisoblanadi.


Yong‘inlarni oldini olish tadbirlari – Respublikamizda yong‘inlarni oldini olish borasida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019 yilning o‘tgan 10 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlari natijasida 15586 ta bino va inshootlarda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 35 nafar insonlar qutqarilgan, 1271 bosh uy xayvonlari, 123 xil texnikalar, 289 mlrd. so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 95 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan. Shuningdek, fuqarolarning yong‘in xavfsizligini ta'minlashga oid bilim ko‘niklamalariga ega bo‘lib borishi natijasida 2019 yilning o‘tgan 10 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar, 2018 yilning mos davriga nisbatan 345 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 10 taga va tan jarohati olishi 56 taga kamaygan. Lekin, olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019 yilning o‘tgan 10 oyi davomida respublika hududida jami 9384 ta yong‘inlar qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 88 nafar inson halok bo‘lgan va 240 nafar kishi tan jarohati olgan.
Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 69,3 foizi aholi yashash joylarida, 9,5 foizi tadbirkorlik sub'ektlari ob'ektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,3 foizi davlat tasarrufidagi ob'ektlarida yuzaga kelgan. Yong‘inlarning 38,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,1 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi,11,1 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,9 foizi bolalarning sho‘xligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo‘lgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech