Qashqadaryo viloyatida ochiq muloqot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 19 may kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 1-sonli musiqa va san’at maktabining majlislar zalida bevosita muloqot va sayyor shaxsiy qabul o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimlari, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, nafaqadagi harbiy xizmatchilari hamda tegishli vazirlik va idoralarning  mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, fuqarolarning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni ijobiy hal etish kabi muhim masalalarga yechim topishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan yangi qonun, farmon va qarorlarning mohiyatini yetkazish, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda ular bilan muloqotni tashkil etish orqali mavjud muammolarni barataraf qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda, harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti, Qashqadaryo viloyatidagi ish bilan bog‘liq muammolar muhokama etildi. Muloqotlar chog‘ida har bir tashkilot rahbari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa va rejalar to‘g‘risida axborot berdi. Mavjud muammolar bo‘yicha savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Davlat ramzlari