Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2017 yilning 13 yanvar kuni vazirlik binosida tantanali tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi mas’ul vakillari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, ko‘p yillik samarali faoliyati mobaynida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga salmoqli hissa qo‘shgan vazirlik tizimida foliyat olib borayotgan 150 nafar harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”  esdalik nishoni bilan rag‘batlantirildi. Qolaversa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimda joriy qilingan “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan 11 nafar harbiy xizmatchilar va xizmatchilar taqdirlandilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yigirma besh yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan quyidagi harbiy xizmatchilar va xizmatchilar mukofotlandilar:

“Mardlik” ordeni bilan Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sarosiyo tumani boshlig‘i podpolkovnik Xo‘jaev Mamasoat Choriyorovich;

“Jasorat” medali bilan Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazi instruktor qutqaruvchi kichik serjant Murodov Dilshod 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tibbiy-biologik bo‘limi boshlig‘i kapitan Axrorov Umidjon Zaynulloyevich;

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Maxmatmurodov Sobir Bekmurodovich;

“Shuxrat” medali bilan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i kapitan Mamatov O‘tkir Baxtiyorovich;

“Shuxrat” medali bilan” Fuqaro muhofazasi instituti katta o‘qituvchisi xizmatchi Xusanova Sumbul Islamovna taqdirlandi.

Shuningdek, vazirlik tizimida faol xizmat qilayotgan bir qator xodimlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, tegishli harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlari berildi.    

 

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech