Avval xabar berganimizdek, 2017 yilning 30 may kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Oftobjon” bolalarni sog’lomlashtirish oromgohida umumta`lim maktablari “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida Respublika musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoa hamda 112 nafar o`quvchi ishtirok etdi.
Har bir o`quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qatorda o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.
Shunday qilib, ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lsa uchunchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish va palatka tiklash ishlarini bajarishdi. To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarda arqon yordamida maxsus tugunlar tugish, ular yordamida balandlikka ko‘tarilish va estafetali yugurishda ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va turli nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlar e’lon qilidi. Jumladan:
“Jamoaning eng yaxshi shiori” – Namangan viloyati “Turon qalqonlari” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan foto albom” – Navoiy viloyati “Spasateli” jamoasi;
“Eng yaxshi klub formasi” – Xorazm viloyati “Qalqon” jamoasi;
“Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma” – Andijon viloyati “Boburiylar” jamoasi;
“Eng yaxshi jamoa bayrog’i” – Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;
“Eng yaxshi tog’ tayyorgarligiga ega jamoa” – Toshkent viloyati “Bunyodkor” jamoasi;
“Eng yaxshi qutqaruvchi qiz bola” – Buxoro viloyati “Turon qalqonlari” jamoasi a`zosi Majidova Mehrangiz;
“Eng yaxshi qutqaruvchi o’g’il bola” – Qashqadaryo viloyati “Semurg`” jamoasi a`zosi To‘layev Qobil;
“Eng hamjihat jamoa” – Navoiy viloyati “Spasateli” jamoasi;
“Eng bilimdon jamoa” – Surxondaryo viloyati “Lochin” jamoasi;
“Eng yaxshi tibbiy yordam ko’rsatgan jamoa” – Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;
“Estafetada eng yaxshi ko’rsatgichga ega jamoa” – Toshkent shahar “Ekstremal” jamoasi;
“G’alabaga bo’lgan ishtiyoqi uchun” – Toshkent viloyati “Bunyodkor” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan videorolik uchun” – Jizzax viloyati “Qalqon” jamoasi;
Musobaqaning umumiy natijalari bo‘yicha hay'at kengashi eng yaxshi jamoalarni aniqlashdi. Unga ko‘ra:
1 o‘rin – Navoiy viloyati “Spasateli” jamoasi;
2 o‘rin – Toshkent shahar “Ekstremal” jamoasi;
3 o‘rin – Andijon viloyati “Boburiylar” jamoasi.
Shunday qilib, musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga va barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlarni tantanali ravishda topshirishdi. Shu bilan birgalikda, bolalarda bayramona kayfiyat ulashish maqsadida taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.