Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi

2017 yil 28 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Bo‘z-suv QFY Ulug‘bek fermerlar uyushmasi dala maydonlarida «Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirish» mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida zararli chigirtkalar tarqalgan maydonlarni aniqlash, kimyoviy ishlovdan o‘tkazish talab etiladigan maydonlarni belgilash hamda  zarur bo‘ladigan kimyoviy preparatlar, texnikalar va yordamchi vositalarni shay holatga keltirish, maxsus ishlov berish ishlarini amalga oshirish tartiblari mashq kuzatuvchilari va ishtirokchilariga o‘rgatildi va amaliy ravishda ko‘rsatildi.

Mashqning nazariy qismi Zangiota tumani “Bo‘z-suv” MMTPda “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarini samarali tashkil etishning asosiy tamoyillari va zamonaviy usullari” mavzusidagi o‘quv seminar shaklida o‘tkazildi. Nazariy qismida tibbiyot birlashmasi, Fermerlar kengashi va DSENMlardan hamda Zangiota tumani mas’ul xizmatlari o‘rganuvchi sifatida ishtirok etishdi.

O‘quv mashqining amaliy qismi Zangiota tumani Bo‘z-suv QFYning dalalarida zararli chigirtkalar tarqalishini oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyishi tarzda o‘tkazildi. Unda zararli chigirtkalarga qarshi kurash shtabi faoliyatini tashkil etish, chigirtkalar ko‘payish o‘choqlarini aniqlash bo‘yicha kuzatuvlar olib borish, zaruriy kuch va vositalarni tayyorlash, agrotexnik va kimyoviy ishlov berish hamda kimyoviy preparatlardan zaharlangan ishchilarga tibbiy yordam berish usullarini o‘z ichiga olgan kompleks tadbirlar o‘rganildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech