Quyi tuzilmalar

“O'ZGIDROMET” GIDROMETEOROLOGIY XIZMATI MARKAZI

Nishonov Bahritdin Erkinovich

Manzili: 100052, Uzbekistan, Toshkent, 1-chi proezd Bodomzor yo’li 72, koordinati (K. 41º34'16"), (U. 69º29'15");

Tel: (+99871)  234-23-41,

Faks: (+99871) 234 38 45;  

Qabul kunlari: Dushanba 08:00 dan 11:00 gacha;

Elektron pochta: uzhymet@meteo.uz,

Web sahifa: meteo.uz

 

O'ZGIDROMET markazining asosiy vazifalari

Gidrometeorologik axborotlarni to'plash, ularni tahlil qilish va umumlashtirish;

gidrometeorologik va iqlimiy axborotlarning milliy bazasini yaratish;

zamonaviy texnoligiyalar bazasida gidrometeorologiya fanini rivojlantirish;

gidrometeorologik prognozlar va aholi uchun ogohlantirishlar shaklida xizmat ko'rsatishning har xil turlarini taqdim etish;

qishloq ho'jaligi, aviatsiya, milliy mudofaa va iqtisodiyotning boshqa sohalariga maxsus tezkor gidrometeorologik xizmar ko'rsatish;

atmosfera ifloslanishi, yuza (tabiiysuvoqimlari) suvlar, tuproq ifloslanishi monitoring va fon monitoringi (ma'lumotlar to'plash, qayta ishlash, tahlil qilish va axborotlar tayyorlash) atmosfera ifloslanish darajasini prognozlash ishlarini olib borish;

iqlim o'zgarishini monitoringlash va ularning taxminiy prognozlarini taqdim etish, shuningdek, iqlim o'zgarishiga munosabat bildirish bo'yicha choralar va variantlarga uning ta'sir etishini baholashlarga hissa qo'shish;

jahon Meteorologiya Tashkiloti Xalqaro ob-havo xizmati tizimida mintaqaviy meteorologiya markazi vazifalarini bajarish.

  • O'ZGIDROMET markazining asosiy vazifalari (0.02 Мб)

  • O'ZGIDROMET markazining asosiy vazifalari (0.01 Мб)


SEYSMOPROGNOSTIK MONITORING RESPUBLIKA MARKAZI

Vakant

Manzili: 100052, Toshkent shahri, Katta Darxon ko’chasi, 20

Tel:    (+99871)  234-23-41,

Faks:  (+99871) 234 38 45;  

Qabul kunlari: Понедельник с 10:00 до 12:00, Среда с 14:00 до 16:00;

Elektron pochta: rcsm@fvv.uz

 

 

Seysmoprognostik monitoring respublika markazining  vazifa va bajaradigan funksiyalari

Markazning asosiy vazifasi bo‘lib:

seysmiklikni nazorat qilish maqsadida kuzatilayotgan xududlardagi sodir bo‘lgan zilzilalar xaqidagi ma’lumotlarni qayd etish xamda qayta ishlash;

Respublikaning yuqori tashkilotlariga, O‘zbekiston uchun M≥4,0 va Markaziy Osiyo uchun M≥5,0 bo‘lgan kuchli va talofatli zilzilalar xaqida tezkor xabar xizmatini amalga oshirish;

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ro‘yxatiga asosan nazorat qilinayotgan xududlarda barcha ro‘y berayotgan sezilarli va kuchli zilzilalar xaqida yuqori tashkilotlarni o‘z vaqtida xabardor qilish;

dala-tadqiqot ishlarini amalga oshirib seysmiklikni kuzatish, Erosti suvlarida gidrogeologik kuzatuvlar olib borish, geofizik maydonlar variatsiyalarini o‘rganish va Respublika va unga chegaradosh xududlari seysmofaol maydonlarining er qobig‘i zamonaviy xarakatini o‘rganish, shuningdek, aloxida seysmik xududlarda kerakli kuzatuvlarni olib borish;

sifatli va uzluksiz seysmik, geofizik, gidrogeokimyoviy va boshqa ma’lumotlarni uzluksiz xamda kutish xolatida ishlayotgan statsionar jixozlar yordamida qabul qilish va bu ma’lumotlarga birlamchi ishlov berish;

o‘rganilayotgan xududda majmuaviy prognostik poligonlarni tashkil qilish va rivojlantirish;

O‘zbekiston va unga chegaradosh xududlarda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalarning epitsentrlari zonalarida, bundan tashqari yuqori tashkilotlar topshirig‘ini bajarishda seysmik, geofizik va boshqa kuzatuv turlarini tashkil qilish va ish olib borishini ta’minlash;

O‘zR FA Seysmologiya instituti (direksiyasiga) prognoz komissiyasiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida etkazib berish;

zilzilalarning tezkor katalog va byullitenlarini tuzish, seysmologik, gidrogeoseysmologik va geofizik ma’lumotlar arxivini shakllantirish;

seysmik, geofizik va kompleks prognostik stansiyalar tarmog‘ini takomillashtirish va rivojlantirish, alohida stansiyalar va to‘liq tizimli ish samaradorligini oshirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradigan uskunalar tizimi, jixozlari sifatini yaxshilash;

qo‘llanilayotgan geofizik, gidrogeokimyoviy va gidrodinamik kuzatuvlar qo‘llanilayotgan usullarini takomillashtirish xamda yangilarini sinab ko‘rish;

kuzatuv ma’lumotlari xamda qayta ishlash ma’lumotlarni xalqaro ayirboshlashda meyoriy majburiyatlarni bajarishda, xalqaro loyihalar va tadqiqotlarda qatnashishni ta’minlash.

Markaz oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan xolda quyidagi ishlarni bajaradi:

tadqiqotlar, laboratoriya-tajribalari va izlanishlar tasdiqlangan va o‘rnatilgan reja asosida olib boriladi;

ishlar zamonaviy jaxon ilmiy yutuqlaridan foydalangan xolda ularning tavsiya xamda ilmiy maslaxatlariga ko‘ra tashkillashtiradi;

shtat tarkibini istiqbolli mutaxassislar bilan to‘ldirish ustida doimiy tadbirlar o‘tkaziladi;

sug‘urta kompaniyalari so‘rovlariga javoban bo‘lib o‘tgan zilzila kuchi xaqida ma’lumotnoma beradi.

 

Markazning xuquq va javobgarliklari

 O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda Markaz quyidagi xuquqlarga ega:

oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun asosiy tadbirlar bir yillik rejasini tuzish xamda o‘rnatilgan tartib asosida Favqulodda vaziyatlar Vaziriga tasdiqlatish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi raxbariyatiga Markazning tashkiliy-shtat tarkibini takomillashtirish xaqida xamda tasdiqlangan byudjet mablag‘iga ko‘ra ularni ta’minlash xaqida takliflar bilan murojaat qilish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati bilan kelishilgan xolda xodimlarni ishga mexnat shartnomasi asosida qabul qiladi va ularning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash uchun sharoit yaratish;

Markaz ishchilarining xavfsiz mexnat sharoitini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar va ish ro‘yxati bo‘yicha ustama xaqlarni: og‘ir, zararli va juda zararli ishlarda ishlagani uchun, shuningdek uzluksiz ish stajiga ko‘ra oylik maoshiga qo‘shimcha qo‘shish;

Mutaxassislik darajasini oshirish, mexnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘z mutaxassislarini xizmat safarlariga jo‘natish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi raxbariyati nomiga Markazning o‘zlarining yaxshi ishi bilan ajralib turgan xodimlarini davlat mukofotlari va faxriy nom bilan taqdirlash uchun murojaat qilish;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi raxbariyatining yozma ravishda bergan ruxsatnomasi asosida o‘rnatilgan tartibda ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan uskuna va asosiy jixozlarni, transport vositalari, ilmiy asbob-uskunalarni balansdan chiqarish;

Markaz zaruriy xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslarni, ishni to‘xtovsiz va bir tekis borishini ta’minlovchi vositalarni iqtisodiy tejab ishlatish choralarini ko‘radi.

Markaz o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarilishiga javobgar.

 

Markaz faoliyatini tashkillashtirish

Markazni raxbar boshqaradi. Markaz raxbari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Vaziri tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi.

Markaz raxbari:

Markaz oldida turgan vazifalarni bajarilishiga shaxsan javobgar;

Markaz bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda buyruqlar, nizomlar va yo‘riqnomalarni o‘z xizmat vazifasi doirasida ishlab chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan buxgalter xisoblarini amalga oshirishni, davlat byudjetida turgan tashkilotning buxgalteri xisobi bo‘yicha yo‘riqnomalarini, davlat byudjetida mavjud tavsiflashning kirim va chiqimi xamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi normativ xujjataridagi o‘zgarishlarni buxgalteriyaga tadbiq qiladi;

Markaz yuqori tashkilotlarda uning iqtisodiy va moddiy-texnikaviy ta’minoti bo‘yicha ko‘riladigan masalalarda qatnashadi;

Markaz moddiy va moliyaviy vositalarni asosiy tarqatuvchisi xisoblanadi va ulardan to‘g‘ri foydalanilishida mavjud qonun oldida shaxsan javobgardir;

Markaz Vazirlik raxbariyati bilan kelishilgan xolda seysmologiya sohasiga tegishli xo‘jalik ishlarni bajarish uchun shartnomalar tuzish, davlat grantlarida qatnashish huquqiga ega;

Markazning asosiy va qo‘shimcha mulkini saqlanishini ta’minlaydi;

Markaz ishlari va boshqa vazifalarini bajarilishini doimiy nazoratini tashkil qiladi, tarkibiy bo‘linmalar xisobotlari shuningdek alohida xodimlarning bajarilayotgan ishlari xaqidagi xisobotlarini eshitadi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Markazning faoliyati natijalari xaqida o‘rnatilgan tartibda xisobot beradi;

Markaz nomidan kelishuv, shartnoma va kontraktlar tuzadi;

Markaz xodimlarini o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantiradi xamda intizomni buzgani uchun jazolaydi;

Sud va xuquqni ximoyalash organlarida Markaz nomidan chiqadi;

Mavjud bo‘lgan qonunlarga asosan Markaz faoliyatidagi turli masalalarni ko‘rib chiqadi va echadi;

O‘zining ba’zi mexnat vazifalarini Markaz bosh geofizigiga topshirishga xaqli.

Markaz raxbari kerak bo‘lsa Favqulodda vaziyatlar vazirligi raxbariyatiga o‘rnatilgan xodimlar soni va to‘lov fondini o‘zgartirmasdan Markazning tarkibini o‘zgartirish xaqida taklif bilan murojaat qilishi mumkin.

Markazning bosh geofizigi va bosh injenerining xuquq va majburiyatlari Markaz boshlig‘i buyrug‘iga asosan belgilanadi.

Markaz raxbari ish joyida bo‘lmaganida uning o‘rnini bosh geofizik egallaydi.

  • Seysmoprognostik monitoring respublika markazining vazifa va bajaradigan funksiyalari (0.12 Мб)

  • Seysmoprognostik monitoring respublika markazining vazifa va bajaradigan funksiyalari (0.05 Мб)


“DAVSUVXO‘JALIKNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI

Ernazarov Nazimjon Sheraliyevich

Manzili:100200, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Turkqo‘rg‘on ko‘chasi, 26 uy;

Tel:   (+99871) 226-71-66,

Faks: (+99871) 226-62-63;  

Qabul kunlari: Dushanba 14:00 – 17:00, Chorshanba 10:00 – 13:00;

Elektron pochta: v-nadzor@sks.uz,

 

Davsuvxo‘jaliknazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinda «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi deb ataladi) gidrotexnika inshootlari xavfsizligi ustidan davlat nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi. «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hisob beradi. «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi tizimiga mahalliy davlat boshqaruv organlaridan mustaqil bo‘lgan va bevosita «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasiga hisob beradigan hududiy inspektorlar kiradi. «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa xujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amalqiladi. «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqini muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro xamkorlikda amalga oshiradi. «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi tizimi xodimlari mehnatga xaq to‘lash «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga ega bo‘ladi.

  • Davsuvxo‘jaliknazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari (0.18 Мб)

  • Davsuvxo‘jaliknazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari (0.03 Мб)


Davlat ramzlari