“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining asosiy vazifalar:
Boshqarma mas’ul javobgarlik hududi - A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining “Angren-Qo‘qon” yo‘nalishi (“Qamchiq” dovoni qismi) 94-214 km. oralig‘ida yuzaga kelgan avariyalar, halokatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni o‘tkazish;
shaxsiy tarkib va maxsus avariya-qutqaruv texnika, asbob-anjomlarning doimiy jangovar shay holatda tayyorligini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va xavfi mavjud bo‘lganda vazirlik va idoralarning maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda harakat qilish;
mas’ul javobgarlik hududdagi o‘ta muhim va toifalangan, kimyoviy, yong‘in va portlash xavfi mavjud ob’ektlarda hamda jamoat maskanlarida, aholi punktlarida, tog‘li hududlarda, er va qor ko‘chki xavfi bo‘lgan joylarda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, jabrlangan aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, xavfsiz joylarga ko‘chirish hamda avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishni tashkillash-tirish;
mas’ul javobgarlik hududda terrorchilik-qo‘poruvchilik xurujlari oqibatida yuzaga kelgan avariyalar, halokatlar va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni qidirish, qutqarish hamda birinchi yordam ko‘rsatishni amalga oshirish, aholini favqulodda vaziyatlar o‘chog‘idan xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
mas’ul javobgarlik hududda qidiruv-qutqaruv tadbirlarini o‘tkazish, suv havzalarida ro‘y bergan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tartiblarini belgilash, qor ko‘chkisi, sel, er o‘pirilishi natijalarida jabr ko‘rganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, moddiy va madaniy boyliklarni asrab qolish, tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
boshqarma kuch va vositalari, maxsus jihozlar zahirasini tashkil etish, yangilab borish, to‘ldirish va doimiy tayyorgarlik holatida bo‘lishini ta’minlash;
boshqarma qutqaruvchilarining jangovar tayyorgarlik holatini oshirish maqsadida, ularning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni samarali amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishning zamonaviy usul va ko‘nikmalarini avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarida qo‘llash va ulardan samarali foydalanish, boshqarma faoliyatini takomillashtirish, shaxsiy tarkibning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish yuzasida sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalda tadbiq etish;
favqulodda vaziyatlarda yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, aniq, sifatli va tezkor amalga oshirish maqsadida, vazirlik va idoralarning
maxsus tuzilmalari bilan hamkorlikda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari, joylardagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududiy tizimlari bilan hamkorlikda harakat qilish bo‘yicha qomondonlik-shtab va maxsus-taktik mashqlarida ishtirok etish;
avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv hamda radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) zaharlanish bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf etishda shaxsiy tarkibning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
mavjud maxsus avtotexnika, avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv asbob-anjomlari va jihozlaridan maqsadli foydalanish, to‘g‘ri saqlash va hisobotini olib borishni tashkil etish;
radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) moddalar hamda gaz, neft, yong‘in va portlash xavfi mavjud ob’ektlarda, inshootlarda, jamoat maskanlarida, aholi punktlarida, tog‘li hududlarda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish;
Namangan va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari kuch va vositalari, vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan doimiy hamkorlikda mas’ul javobgarlik hududda tabiiy, texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borib, uning oldini olish va o‘z vaqtida avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv tadbirlarini tashkil etish uchun kechayu-kunduz kuch va vositalar shayligini ta’minlash;
xavfi mavjud va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda, “Qamchiq” dovonidagi navbatchi xizmatlarni hamda hudud aholisini o‘z vaqtida ogohlantirish;
xavfli yuklarni tegishli hudud orqali tranzit tashishni nazorat qilish va favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda tezkor harakat qilish;
transport vositalarida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning to‘kilishi bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etuvchi xizmat itlarini parvarish qilish, ularni xizmatga tayyor holda ushlash, amalda qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish, veterinariya xizmatini tashkillashtirish;
favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joylarga etib borishda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish.
-
“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining asosiy vazifalar (DOC): (0.05 Мб)
-
“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining asosiy vazifalar (PDF): (0.20 Мб)