Minnatdorchilik xati

Qamashi tumaning “Elobod” MFY “Kattaarap” qishlog‘i hududidagi Laylisoy adirlik va soylaridan har yili bahor oylarida katta hajmdagi yomg‘ir, jala va sel suvlari kelishi natijasida katta jarlik hosil bo‘lib, 33-sonli maktab binosi va 45 ta aholi xonadonlariga moddiy zarar yetish ehtimoli mavjud edi.

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarini tezkor harakatlari va tashabbusi bilan 2017 yilgi Davlat manziliy Dasturiga kiritilib, “Odil Quruvchi” ITQ tomonidan muxandislik-texnik tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada 33-sonli maktab binosi va 45 ta xonadon  toshqin va sel suvlaridan himoya qilinib, favqulodda vaziyatni oldi olindi va davlatimizni moddiy boyliklari asrab qolindi.

Hurmatli Faxriddin Shakirovich! Sizga va Siz rahbarlik qilayotgan boshqarma xodimlariga Qamashi tumani xokimligi aholisi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 Hurmat bilan,

Qashqadaryo viloyati  Qamashi

Tuman xokimi o‘rinbosari

V.Xayrullaev

Davlat ramzlari