Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Minnatdorlik xati

Assalomu alaykum Rustam Mirzayevich!

Kecha, 1 fevral kuni Sizga murjaat qilgan edim. Toshkent shahar Olmazor tumani Qoraqamish massividagi suv ustidan o’tgan truba va foydalanish uchun umuman yaroqsiz bo’lgan xavfli ko’prik haqida ma’lumot yuborgan edim.

Sizning topshirig’ingizga muvofiq,  2 fevral kuni FVV xodimlari joylardagi muammolarni o’rganib chiqishdi. Shu bugunning o’zidan boshlab mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan trubalarni zarur maxsus to’siqlar bilan jihozlashga kirishishdi. FVV vakillari foydalanishga yaroqsiz va o’ta nosoz ko’prikni ko’zdan kechirib uni haqiqatdan ham olib tashlash kerakligini aniqlashdi. Ko’prik demontaji masalasini tuman hokimiyati bilan birgalikda hal qilishini aytishdi.    

Ushbu murojaatim bilan shaxsan Sizga va barcha Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Katta rahmat!

Hurmat bilan, Abduvohid Abdusamatov.

  • 03.02.2018
  • 13598
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech