Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

RAHMAT SIZGA, XALOSKORLAR!

Yunusobod tumani “Yurtobod” mahallasidagi xonadonlardan birida tungi soat 02:00 lar atrofida yong‘in sodir bo‘ldi. Ma­hal­la, qo‘ni-qo‘shnilarning hushyorligi sabab “101”ga shoshilinch xabar berildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi qutqaruvchilari, baraka topishsin, qisqa vaqt ichida yetib kelib, zudlik bilan ishga kirishishdi va olov ichidan ikki nafar qizaloqni olib chiqishdi. Xalos­korlar tibbiyot xodimlari yetib kelgunlariga qadar bolajonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdilar va go‘daklarning hayoti saqlab qolindi.
Dovyurak, fidoyi yigitlarning tezkor harakatlarini ko‘rib, to‘g‘risi, qoyil qoldik. Mana shunday mard va jasur yigitlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onasiga hamda shu kasbga o‘rgatgan ustozlariga katta rahmat.

Ishlarini a'lo darajada bajargan yurt o‘g‘lonlarining sardoridan yigitlar haqida, ularning ism-shariflarini so‘radik. Ammo xaloskorlar sardori yuzida tabassum qilgancha kamtarlik bilan: “Bu – bizning vazifamiz”, – deya javob berdi xolos. Shunday bo‘lsa-da, biz baribir bu himmati yuksak o‘g‘lonlarning ism-shariflarini bilib, ularga minnatdorlik aytish­ni o‘z burchimiz, deb bildik.

So‘zimiz so‘nggida, yuksak jasorat va matonat uchun Olmazor tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Ibragimov, ushbu tuman 1-yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i mayor Farruh Abdullaev, kichik ser­jant Baxtiyor Muqimov, oddiy­ askarlar – Rustam Pirmatov, Fur­qat Adilovlarga qutqarilgan oila, butun bir mahalla ahli nomidan chuqur minnatdorlik izhor qilamiz.

Yaxshiyam siz borsiz. Rahmat sizga, xaloskorlar!

Ra'no VOHIDOVA,
Yunusobod tumani
“Yurtobod” MFY raisi v.v.b.

  • 15.07.2021
  • 790
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech