Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

SAMIMIY IZHORLAR

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. Qo‘ldoshev nomiga Qirg‘iz Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri B. Ajikeev tomonidan minnatdorlik maktubi yo‘llangan.

    Mazkur maktubda 2022-yil 21-may kuni qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi “Chechme” chegara-nazorat punktida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'ul rahbarlari va qutqaruvchi xodimlariga ulkan minnatdorlik bildirilgan. Shuningdek, minnatdorlik xatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilarning alohida e'tirofga sazovor bo‘lgan o‘ziga xos kasbiy tayyorgarligi va tajribasiga yuqori baho berilib, kelgusida o‘zaro hamkorlik tadbirlarini yanada rivojlantirib borishga ulkan umid hamda ishonch bildirilgan.
         

*  *  *   

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Oybek” MFY raisi Husniddin G‘ofurov ham O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri nomiga minnatdorlik xati yuborgan. 

   U o‘z xatida tuman tog‘li hududida chorva mollarini boqib, bedarak yo‘qolgan fuqaroni izlash bilan bog‘liq qidiruv-qutqaruv ishlarida jonbozlik ko‘rsatganligi uchun, avvalo, Qashqadaryo viloyati FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibiga, shu bilan birga, bugungi kunda elu yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida kecha-yu kunduz fidoyilik bilan xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibiga ulkan minnatdorlik bildirgan. Albatta, bu kabi samimiy izhorlar bugungi kunda yurtimiz xaloskorlarining matonat va jasorat ko‘rsatib, xalqimiz ishonchini oqlab kelayotganliklari, har lahzada muqaddas burchlariga sadoqat bilan xizmat qilayotganliklarining yaqqol namunasidir.

FVV Matbuot xizmati.

  • 09.06.2022
  • 1057
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech