TIMUR ALIYEVGA MINNATDORLIK

Tahririyatimizga fuqaro R.Ibragimovdan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Timur Allievning qahramonligi – inson hayotini saqlab qolganligi haqida xat kelib tushdi.

Maktubdan: "Voqea shunday bo'ldi: do'stlarim J.Jumaniyozov (77 yosh) va K. Aymuxamedov(82 yosh) lar bilan uyga ketayotgan edik.

Qorasuv massiviga kelganimizda avtoshoxbekatining yaqinida Jakmet poyabzalini iflos qilib qo’ydi, poyabzallarini tozalamoqchi bo’lib kanalning yoniga  yaqinlashganida muvozanatni yo’qotib, suvga tushib ketdi va boshini beton qirg’oqqa urib oldi.

U mustaqil ravishda suvdan chiqa olmas edi, biz uni tortib olish uchun kuchimiz ham yo'q edi. Men atrofga qarab yordam so'rab baqirdim, shu atrofdan o’tib ketayotgan Timur Alliev yordamga keldi. U J.Jumaniyozovni qirg'oqqa tortib, birinchi yordam ko'rsatdi va uning hayotini saqlab qoldi.

Biz Timur Allievga o’z minnatdorligimizni bildiramiz. Bizning yurtimizda u kabi jasoratli fuqarolar borligidandan xursandmiz".

 

FVV Matbuot xizmati

Davlat ramzlari