Joriy yilning 9-noyabr kunidan 9-dekabr kuniga qadar yurtimizda “Aksilkorrupsiya oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati FVB mas’ul xodimlari hamda Denov tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda mutasaddilar tomonidan Denov tumani FVB shaxsiy tarkibiga korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, huquqbuzarlik va qonun buzilishini oldini olish kabi mavzularda atroflicha tushuntirishlar berildi.