Joriy yilning 9-noyabr kunidan 9-dekabr kuniga qadar yurtimizda o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari FVB rahbar xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Unda mutasaddilar tomonidan FVB shaxsiy tarkibiga korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, huquqbuzarlik va qonun buzilishini oldini olish, harbiy intizomni mustahkamlash kabi mavzularda atroflicha tushuntirishlar berildi.