Samarqand, Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlari FVB mas’ul xodimlari tomonidan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida shaxsiy tarkib bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Unda shaxsiy tarkibga korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, huquqbuzarlik va qonun buzilishini oldini olish, harbiy intizomni mustahkamlash kabi mavzularda atroflicha tushuntirishlar berildi.