Asosiy vazifa va funksiyalari
1. yong‘in xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovasion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish;
qurilish konstruksiyalari, modda va materiallarning yong‘in xavfliligini tadqiq etish, yong‘in-texnik va qutkaruv uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni sinash hamda yong‘inlardan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimlarining muvofiqligini baholash;
yong‘inlarni va boshqa favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish hamda yong‘in- texnik ekspertizalarini o‘tkazish;
yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining sog‘lig‘i va mehnat muhofazasini ta'minlash sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
Institut faoliyati yo‘nalishi bo‘iicha respublikadagi ta'lim, ilmii- tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
yong‘in xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida sertifikatlash va lisenziyalash tizimini rivojlantirish va amalga oshirishda ishtirok etish.
2. a) yong‘in xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovasion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish sohasida:
yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini mavzularini shakllantirish, tadqiqotlarni maqsadlari, vazifalari va natijalarini belgilash;
yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida amaliy va innovasion ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik, tajriba-texnologik va loyiha- izlanish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish;
yong‘in va avariya-qutqaruv texnikasi, anjomlari va jihozlari, ut o‘chiruvchi moddalar, shaxsiy himoya vositalari, yong‘in va favqulodda vaziyatlar boshqa turlaridan himoyani texnikaviy vositalari, xavfsizlik va qutqarishni ta'minlash vositalarini ishlab chikish va takomillashtirish, shuningdek, o‘tga chidamli qurilish va boshqa materiallarni boshqa turlarini ishlab chikish;
Institutga tegishli intellektual mulk ob'ektlarini (IMO) huquqiy himoyasini, texnikaviy va tijorat foydalanishini ta'minlash, IMO tijoratlanishi strategiyasini shakllantirish maqsadida axborot va marketing tadqikotlarini amalga oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda Institut ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalarini olg‘a siljitishga ko‘maklashuvchi ko‘rgazma, yarmarka va salonlarda ishtirokni ta'minlash, shuningdek, reklama materiallarini tayyorlas
b) qurilish konstruksiyalari, modda va materiallarning yong‘in xavfliligini tadqiq etish, yong‘in-texnik va qutkaruv uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni sinash hamda yong‘inlardan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimlarining muvofiqligini baholash sohasida:
modda va materiallarning yong‘in xavfiligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, yong‘in-texnik mahsulotlar, yong‘in uchiruvchilarning himoya vositalari, yong‘in-texnik va qutqaruv uskunalari, yong‘in o‘chirish avtomatik va yong‘inga qarshi signalizasiya tizimlarini sinash;
yong‘inga qarshi va boshqa turdagi favqulodda holatlardan faol va passiv himoya sohasidagi xizmat ko‘rsatish hamda ishlarni bajarish sifatini nazorat qilish;
sinov, ilmiy iznalish va ishlanmalar yakunlari bo‘yicha axborot-ma'lumot byulletenlarni, normativ, metodik hamda turli ma'lumotlar beradigan yordamchi hujjatlarni shakllantirish;
faol va passiv himoya tizimlarning, yong‘in-texnik va qutqaruv mahsulotlarning, yong‘in o‘chirish texnikalarning sifat xususiyatlarini hamda
modda va materiallarning yong‘in xavflilik ko‘rsatkichlarini aniqlovchi qurilma (uskuna)larni yaratish;
yong‘in xavfsizligi va faqulodda vaziyatlar sohasida sinovlarni o‘tkazish uchun uslubiyatlar, texnik reglamentlar, davlat standartlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ko‘rib chiqish, ishlab chiqittt va tadbiq qilishda. ishtirok etish;
yong‘in xavfsizligi va faqulodda vaziyatlar sohasidagi, shuningdek, Institut faoliyatini ta'minlashga yo‘naltirilgan ishlar (xizmat ko‘rsatish)ni O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari bilan shartnoma (kelishuv) asosida o‘rnatilgan tartibda o‘tkazish;
davlat yong‘in nazorati organlarning mansabdor shaxslari tomonidan nazorat faoliyatini amalga oshirishlishini nazorat qilish tadbirlarini o‘tkazilishida ekspert sifatida ishtirok etish.
v) yong‘inlarni va boshqa favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish hamda yong‘in-texnik ekspertizalarini o‘tkazish sohasida:
murrakab, uzoq davom etuvchi va o‘ziga xos yong‘inlarning hamda ayrim turdagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish va rivojlanish xususiyatlarini tadqiq qilish;
tergovga qadar tekshiruv organlariga, yong‘in joyidan izlarni, buyumlarni va boshqa ashyoviy dalilarni aniqlash va olishda hamda yong‘in o‘chog‘i alomatlarini fiksasiya qilishda, yong‘in chizma (reja)sini tuzishda, shuningdek, yong‘in joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasini tuzishda mahsus terminlardan foydalanilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
yong‘in-texnik va ayrim favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish;
hududiy Yong‘in-texnik markazlarning metodik rahbarligini amalga oshirish;
sudga oid kompleks yong‘in-texnik ekspertizalarida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etish hamda yong‘inlar bo‘yicha texnik xulosalarini va mutaxassis fikrlarini berish;
FVV tizimidagi ekspert bo‘linmalarining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, ularning axborotlash ta'minotini ishlab chiqish;
FVV tizimidagi ekspert bo‘linmalarining ekspertlarini o‘qitish;
yong‘in ishlari bo‘yicha maslahatlar berish.
g) yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish sohasida:
texnologiyalarni rivojlanilishini zamonaviy darajasiga javob beruvchi yong‘in xavfsizligi talablarini ishlab chiqish va joriy qilish, hayotiy siklning barcha bosqichlarida ob'ektlar va ularning hududlaridan foydalanilganda yong‘in xavfsizligi sohasida asoslangan qarorlar chiqarish hisobiga yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish;
qonunchilik va boshqa me'yoriy-huquqiy aktlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, yong‘in xavfsizligi, yong‘inlarni o‘chirish taktikasi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish, favqulodda vaziyatlar idoralari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibi mehnati, sog‘lig‘ini muhofaza qilish va ijtimoiy himoyasi sohasida me'yor va standartlarga, shuningdek, me'yoriy hujjatlarga rioya qilish;
ob'ektlarni yong‘in xavfsizligini baholash bo‘yicha muhandislik hisob- kitoblarini bajarish, yong‘in ro‘y berishini, yong‘in tufayli kelib chiqqan ziyonni minimallashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish;
yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish sohasidagi talablarni tartibga soluvchi texnikaviy me'yoriy-huqukiy aktlarni o‘rganish, tizimlashtirish va umumlashtirish;
yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar oldini olish va bartaraf qilish sohasidagi yangi texnikaviy me'yoriy-huquqiy aktlarni ishlab chiqish, amaldagilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, tashkilotning standartlarini kelishish;
ekspert-maslahat faoliyati doirasida shartnoma majburiyatlarini bajarish;
yong‘inga qarshi me'yorlashtirish, shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimini takomillashtirish va standartlashtirish sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlarni ishlab chiqish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarni amalga oshirish;
texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasida xalqaro, davlatlararo va davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish.
d) respublikadagi ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasa va tashkilotlari bilan ilmiy tadqiqotlar va innovasion ishlanmalar sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish hamda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish sohasida:
davlat va sohaviy ilmiy-texnik dasturlarning vazifalari hamda institutning inovasion loyihalari, ilmiy-tadqiqot rejalari va tajriba- konstruktorlik ishlari doirasida respublikaning ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasa va tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
vazirlik tizimida ilmiy kadrlar potensialini tayyorlashda ishtirok etish;
yong‘in xavsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari sohasida xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
xalqaro tadqiqot dastur va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
chet ellik sheriklarning takliflariga binoan Institut vakillarini chet elga safarlarini tashkil qilish;
respublika va xalqaro konferensiya, kengash, simpoziumlarni tashkil etilishida ishtirok etish;
chet elda Institutning ijobiy imidjini yaratish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, shuningdek, xalqaro aloqalar sohasi hamda ilmiy faoliyat bo‘yicha analitik va axborot materiallari tayyorlash.
e) yong‘in xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida standartizasiyalash, sertifikatlash va lisenziyalash tizimini rivojlantirish va amalga oshirish sohasida:
yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasida mahsulot, ish, xizmatlarni va sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;
yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etittt sohasida mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash (sertifikatlash);
mahsulot, modda va materiallarning yong‘in xavflilik ko‘rsatkichlarini o‘lchash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan yangi o‘lchov asbob-uskunalarini yaratish hamda tadqiqot, sinov ishlanmalarni metrologik ta'minlash, shuningdek, mavjudlarni modernizasiya qilish;
yong‘in xavfsizligi sohasida standartlashtirish bo‘yicha milliy va halqaro texnik qo‘mitalar faoliyatida ishtirok etish;
yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sohasidagi faoliyatlarning alohida turlarini lisenziyalashni tashkil etish.