Xiva shahrida sayyor qabul o'tkazildi

Xorazm viloyati Xiva shahrida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Unda sohaga ishga kirish istagini bildirgan yoshlar, tizimdagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda nafaqadagi harbiy xizmatchilardan jami 29 murojaatlar tinglandi. 

Murojaatlarning asosiy qismi joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, muddat talab qilinadiganlari nazoratga olingan holda vakolatli tashkilotlarga yuborildi.