Angren shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Kecha, 30-aprel kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent harbiy prokurori boshchiligida "Insonga naf keltirish oliy baxt" shiori ostida Angren shahar garnizonida joylashgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari hamda harbiy qismlarda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar uchun  "Ommaviy sayyor qabul" tashkil etildi. 

Qabul davomida harbiy xizmatchi hamda xizmatchilarning muammolari tinglandi va ikki nafar harbiy xizmatchilarning muommolari joyida hal qilindi.  Vaqt talab etiladigan muammolarni atroflicha o‘rganish va hal etish bo‘yicha chora-tadbiral belgilab olindi.