Samarqand viloyati FVB tomonidan viloyat hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan viloyat Fuqaro muhofazasi mexanizatsiyalashgan yig'ma komandasining belgilangan vazifalarini bajarishga tayyorgarlik holatini o'rganish maqsadida, Jomboy tumanida saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Unda viloyat FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirilib, ishchi xodimlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.