Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev “MSITF - 2024” ko‘rgazmasida ishtirok etdi 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 2-4-may kunlari “G‘alaba bog‘i” majmuasida ilk marotaba Mudofaa sanoati kompleksiga oid “MSITF-2024” amaliy ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Ushbu ko‘rgazmada Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun ham alohida joy ajratilgan bo‘lib, unda vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan loyiha, ilmiy ishlanma va innovatsion g‘oyalari namoyish etilmoqda.