Kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 34-maktabda eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar va pedagog xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda, Unicef, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’lim muassasalarining, ayniqsa inklyuziv ta’lim muassasa tarbiyalanuvchilari hamda ko‘p sonli mehnat jamoasini turli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish borasidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.
Seminar so‘ngida pedagog va tarbiyalanuvchilar uchun qutqaruv xizmati texnikalari va maxsus anjomlardan foydalanish tartiblari surdo-tarjimon orqali tanishtirildi.