Ma’rifat soati

Bugun, 3-may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparat shaxsiy tarkibi ishtirokida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida  navbatdagi “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” o‘quv mashg‘uloti “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi"da o‘tkazildi.  Mashg‘ulot davomida muzeyga tashrif buyurgan shaxsiy tarkibga O‘zbekiston tarixiga oid eksponatlar va tarixda foydalanilgan qurol-aslaha buyumlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.