Navoiyda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha trening tashkil etildi

Navoiy viloyati FVB xodimlari bilan “Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish” mavzusida oʻquv-amaliy treninglari oʻtkazildi. Trening tashkil etishning asosiy maqsadi jabrlanganlarga birinchi yordamni oʻz vaqtida va toʻgʻri usullar bilan koʻrsatish bo‘yicha xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishdan iborat bo‘lib, unda birinchi yordam koʻrsatishning zamonaviy usullari koʻrgazmali tarzda tushuntirildi va tadbir ishtirokchilari tomonidan amaliy tarzda bajarildi.