“Temurbeklar maktabi”da “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Tarix fani oyligi doirasida Sohibqiron Amir Temur haqida yozilgan kitoblar bo‘yicha “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

 

Tanlovda litsey o‘quvchilari uyushqoqlik bilan qatnashib, Amir Temur haqida o‘qigan kitoblaridan olgan bilimlari bo‘yicha bellashdilar. Tadbir yakunida faxrli I-o‘rinni Niyozov Elxush, II-o‘rinni Badriyev Aziz va III-o‘rinni Oripov Husan egalladi.