“Favqulodda vaziyatlarda gender masalalari”

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi FVV va Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan hamkorlikda “Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi ijtimoiy zaiflik va gender jihatlari” mavzusida seminar trening o‘tkazdi. Treningda Favqulodda vaziyatlar vazirligi soha xodimlari, FVV Akademiyasi hamda Fuqaro muhofazasi instituti professor o‘qituvchilari va magistrantlari ishtirok etdi. 

 

Trening davomida ishtirokchilar bilan gender va gender tengligi haqida asosiy tushunchalar, favqulodda vaziyatlarga bog‘liq bo‘lgan gender tahlili, tabiiy ofatlar ta’siriga tayyorgarlik va zaiflikni baholashda gender xususiyatlarini hisobga olish, gender jihatlarini inobatga olgan holda erta ogohlantirish tizimlarini integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda gumanitar yordam ko‘rsatishning e’tiborli mezonlari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.