Qarshi shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, 3-may kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Farhod Mirzayev tomonidan tizim xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Qabul jarayonida 15 dan ziyod harbiy xizmatchilarning tibbiy xizmat, pensiya, xizmat joyini ko‘chirish, uy-joy masalalari, oila a'zolarining bandligi va boshqa masalalar bilan bog'liq murojaatlari mas'ullar ishtirokida o'rganib chiqildi.

 

Murojaatlarni joyida hal etish choralari ko'rilib, vaqt talab etiladigan murojaatlar bo'yicha muddat belgilangan holda ijrosi nazoratga olindi.