"Qamchiq" dovonida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda

A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat nazortga olingan.

Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FVV, YHXX hamda "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilmoqda. Yo‘lning harakat qismi yaqin daqiqalarda ochiladi.