Ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida milliy urf-odatlar, zamonaviy turmush tarzini targ‘ib etish, na’munaviy oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida, Jizzax shahrida “Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiy oilasi” ko‘rik-tanlovining vazirlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan bir nafar harbiy xizmatchi va uning oila a’zolaridan iborat jamoalar ishtirok etib, to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Ko‘rik-tanlov yakunida:

🔹1-o‘rinni Jizzax viloyati FVBdan Hamrayevlar oilasi;

🔹2-o‘rinni Qashqadaryo viloyati FVBdan Turdaliyevlar oilasi;

🔹3-o‘rinni Samarqand viloyati FVBdan Xaydarovlar oilasi egalladilar.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashakkurnoma, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.